Guliston shahrida malaka oshirish kurslarida Xodjayev Sobir Djumayevich maʼruza qildi

06:00 - 26 Iyun Yangiliklar
238
ness image

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Xodjayev Sobir Djumayevich faollarga “Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash mexanizmlari” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzada “O‘zbekiston Respublikasi ayollar tashqi migratsiyasining tahlili”, “Migratsiya va ayollar mehnat migratsiyasi”, “Ayollar migratsiyasi va uning oqibatlari” kabi mavzularda mashg‘ulotlar olib borildi. Bundan tashqari, migratsiya, tashqi va ichki migratsiya, shuningdek, ayollar migratsiyasi oqibatida yuzaga keladigan mammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berib o‘tildi. Mashg‘ulot davomida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirishni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari, og‘ir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yordam berish masalalariga alohida to‘xtalib, keyslar bilan ishlandi.

Chop etish