Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida malaka oshirish kurslari davom etmoqda

05:54 - 26 Iyun Yangiliklar
45
ness image

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Jabborov Ulug‘bek tomonidan “Taʼlim, ilm-fan, innovatsiya va boshqa sohalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari” mavzusida mashg‘ulot olib borildi. Unda hozirgi kunda xotin-qizlarning yurtimizda tutgan o‘rni, jamiyat hayotida ularning nufuzini har tomonlama oshirish, ularning taʼlim olishi, ularni ish bilan taʼminlash, mavqeini oshirish masalasida samarali ishlar, shuningdek, xotin-qizlar taʼlim olishida mavjud tafovutlar, jamiyatda saqlanib qolgan stereotiplar tufayli xotin-qizlar faqat maishiy hayotda asqatishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy kasblarni egallashga intilishilari borasidagi taklif-mulohazalar berib o‘tildi. Shuningdek, maʼruzachi tomonidan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadida “Xotin-qizlarning taʼlim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish”ning mazmun-mohiyati hamda vazifasi xususida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tildi.

Chop etish