Gulistondagi malaka oshirish kursi davom etmoqda

11:30 - 24 Iyun Yangiliklar
250
ness image

Malaka oshirish kursi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori – Xonturayev Bobur Azimovich tomonidan guruhlarga bo‘lingan holda amalga oshirilmoqda. Xususan, 2-guruhga Mahalla xotin-qizlar faollari va boshqa mutasaddilarning “Kasbiy ko‘nikmalar va kreativlik masalalari” mavzusi bo‘yicha batafsil maruzalar o‘qildi. Mashg‘ulotda mahalla xotin-qizlar faolining kasbiy faoliyatiga bugungi kunda qo‘yiladigan zamonaviy talablar va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish omillari hamda ularning kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berib o‘tildi. Bundan tashqari, onlayn shaklda, yaʼni “Oila o‘quv platformasi” orqali gender tenglik tarixi, taraqqiyot bosqichlari, baholash mezonlari, uning omillari va ularning amaliyotdagi holati, mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va uning natijalari, bu borada xorijiy ilg‘or tajribalar bo‘yicha savol-javob, qisqa ijtimoiy roliklar muhokamasi hamda oilada, mehnat faoliyatida, farzand tarbiyasida, boshqaruv faoliyatida, taʼlim va ilm-fan taraqqiyotida, jamoat joylari va boshqa holatlardagi gender tenglikning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot olib borildi. Mavzu bo‘yicha xorijiy davlat tashkilotlari tajribalar ham o‘rganildi.

Chop etish