“Sotsiologik tadqiqot natijalarini SPSS dasturiga kiritish” mavzusida o‘quv seminar-mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

04:02 - 2 май Янгиликлар
75
ness image

Bugun Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorantlar uchun “Umida Nurullayeva tomonidan “Sotsiologik tadqiqot natijalarini SPSS dasturiga kiritish” mavzusida ilmiy seminar-mashg‘uloti o‘tildi. Dastlab tinglovchilarga SPSS dasturiy ta’minotiga kiritilgan sotsiologik ma’lumotlarni tahrir etish qoidalari tushuntirildi. 

SPSS (Statistical Package for the Social Sciences) – ijtimoiy fanlar uchun statistik paket bo‘lib, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, boshqarish va vizuallashtirish uchun xizmat qiladi.

Sotsiologik so‘rov natijalari bo‘yicha tahliliy hisobot tayyorlash yo‘llari Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar misolida taqdim etildi.

Чоп этиш