Jamiyatimizdagi bikaryer oilalarning ijtimoiy mavqeyi

06:44 - 31 май Янгиликлар
433

Hozirgi vaqtda jamiyatimizda oila haqidagi gʻoyalardan jamiyatning birligi sifatida uning qadr-qimmatini tushunib yetmoqda. Atrofimizdagi dunyo kundan-kunga oʻzgarib bormoqda, barcha sohalar va faoliyatning barcha darajalarida oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Ulardan ba’zilari oilaviy sohaga ham tegishli. XXI asrning boshlarida bikaryer oilalar soni tubdan koʻpaydi.

ness image

Bikaryer oila – bu jamoat sohasida professional oʻsish va oʻz-oʻzini tasdiqlashni talab qiladigan hamda ikkala turmush oʻrtogʻi ishlaydigan oila. Bunday oilaning ideal modeli – bu turmush oʻrtoqlar uy ishlarini oʻzaro teng taqsimlashlari, bir-birlarining kasbiy rejalarini hurmat qilishlari, oʻzaro bagʻrikenglik, yordam va qoʻllab-quvvatlashga tayyorliklarini turlicha namoyon etadilar. Bunda har bir turmush o‘rtoq har qanday muhim ishda sherigiga tayanishi mumkinligini biladi. Bu kabi oilada munosabatlarning teng huquqli turini shakllantirish uchun haqiqiy asos mavjud, ya’ni bunda erkak yoki ayol hukmronligi haqida emas, balki oilada ikki jins vakillarining teng huquqligiga guvoh boʻlishimiz mumkin. Darhaqiqat, bu oilada er va xotinning kasbiy manfaatlari bir xil ahamiyatga ega, deb tan olinadi va ikkala turmush oʻrtogʻi ham oʻz oilasini yaratish va tanlagan kasbi boʻyicha martaba va obroʻ orttirish qadriyatlarini muvaffaqiyatli birlashtiradi. Bunday oila yuqori darajadagi integratsiya va qadriyat yoʻnalishlarining birligiga ega. Turmush oʻrtoqlar uy ishlari va vazifalarini teng ravishda taqsimlaydilar, bir-birlarining kasbiy rejalarini hurmat qiladilar, oʻzaro bagʻrikenglik, yordam va qoʻllab-quvvatlashga tayyorliklarini koʻrsatadilar. Har bir inson har qanday muhim ishda sherigiga tayanishi mumkinligini biladi. Boʻsh vaqtdan oqilona foydalaniladi hamda ishda sarflangan resurslar tiklash uchun dam olishni ahamiyatli tarzda tashkil etiladi. Oila farzandlari ham oilaviy ishlarda ishtirok etadilar, ya’ni uy ishlarini bajaradilar, kattalar bilan hamkorlikda tajriba orttiradilar. Buning natijasida, ularda mas’uliyat va oʻzgalarga keraklilik hissi yanada tarbiyalanadi.

Bikaryer oilalar ayolning ijtimoiy mavqeyidagi katta oʻzgarishlar tufayli haqiqatga aylandi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ayollar (shu jumladan, turmush qurganlar)ni samarali mehnat sohasiga faol jalb qilish jarayoni boshlandi. Germaniyada 1962-yilda 25 yoshdan 30 yoshgacha turmush qurgan ayollarning 40 foizi yollanma ishchilar boʻlib faoliyat olib borgan. 10 yildan soʻng, ushbu yosh toifasidagi barcha turmush qurgan ayollarning 48 foizi allaqachon ish boshlagan. 1982-yilga kelib, shu toifadagi ayollarning ulushi 59% gacha oʻsdi. SSSRda 1987-yilda ishchi va xizmatkor ayollarning umumiy soni 50,8% ni tashkil etdi. 1938-yilda besh amerikalikdan faqat bittasi, agar eri uni boqishga imkoniyati boʻlsa, biznes yoki sanoat sohasida ishlaydigan turmush qurgan ayolni ma’qullagan. 1993-yilda ijtimoiy-psixologik soʻrovda qatnashganlarning 86 foizi ushbu turdagi ayollarni ma’qullagan, ammo deyarli uchdan ikki qismi hali ham bolalar uchun ideal oilaviy vaziyat – bu ota ishlaydigan va onasi uyda oʻtirgan va bolalarga gʻamxoʻrlik qiladigan ota-onalarni gavdalantirishga harakat qilganlarni koʻrishimiz mumkin.

Zamonaviy jamiyatni demokratlashtirish yangi turdagi oilalar – “bikaryer oilalar” paydo boʻlishida namoyon boʻladi. Bu, oʻz navbatida, gender rollarining aralashishiga olib keladi va er-xotinlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash “ixtiyoriy” xarakterga ega. Bunday oilada munosabatlarning teng huquqli turini shakllantirish uchun haqiqiy asos mavjud bo‘lib, erkak hukmronligi ham, ayolning iqtisodiy qaramligi ham yaqqol namoyon boʻlmaydi. Vazifalar va majburiyatlarni taqsimlash masalalari kelishuvlar asosida hal qilinishi mumkin. Agar oilada bolalar boʻlsa, unda koʻpincha ularga gʻamxoʻrlik qilish va ularni tarbiyalash keksa avlodning qarindoshlariga yoki ishchilarga ishonib topshiriladi yoxud turli darajadagi davlat va nodavlat bolalar muassasalariga topshiriladi.


Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti

Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi

tomonidan tayyorlandi

Чоп этиш