YOZGI MAKTAB-2024

09:35 - 6 август Янгиликлар
598

 

“O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun demografik ma’lumotlardan foydalanish” mavzusidagi sayyor YOZGI MAKTAB-2024 oʻz ishini boshlaganini ma’lum qilamiz. Kirish qismini “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqiot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakili Nigina Abaszada ochib berishdi va Yozgi maktab ishiga muvoffaqiyat tilashdi.

ness image

Yozgi maktabning birinchi kuni baxs-munozaralarga boy bo'lmoqda. Demografiya bo’yicha mutahasislar, professor olimlar demografik ko’rsatkichlaridan vazirliklar va idoralar faoliyatida foydalanish borasida foydali ma'lumotlar va takliflar berib o'tilmoqda. 

Kun davomida ekspertlar Durbek Ahmedov, Botir Alimuxamedov, Sobir Xaytmuratov, Xamid Abduramanov va Bobur Xontо‘rayevlar tomonidan:

Demografiya milliy portalining taqdimoti;

O'zbekistonning demografik rivojlanish tendensiyalari;

O'zbekistonning 2050-yilgacha mo'ljallangan demografik prognoz parametrlari;

O'zbekistonda demografik dividend olish imkoniyatlari kabi mavzularda maruzalar olib borilmoqda.

👉 Fotolavha

Чоп этиш