Doktorantura

📣📣 DIQQAT E'LON, QABUL BOSHLANDI!!! 📣📣

 

🗣 Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2025-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi.

Ixtisosliklar shifri va nomi:

1. 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.

2. 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika.

3. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.

4. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya.

5. 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.

📌 Eslatma: talabgorlar hujjatlarni www.daraja.ilmiy.uz elektron manzili orqali topshirishlari kerak.

 

Talabgorlardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

Ariza (Institut direktori nomiga).

Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka-namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida).

Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).

Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi.

Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis (PhD uchun)).

Pasport nusxasi.

Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 29.05.2024-yildagi 3515-qarori).

Eslatma: mustaqil tadqiqotchilik uchun til bilish sertifikati talab etilmaydi, faqat ish joyidan tavsiyanoma so‘raladi.

Shuningdek, doktorantura (DSc) uchun qo‘shimcha:

Fan nomzodi, fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda ushbu ilmiy darajalarga tenglashtirilgan diplom nusxasi.

Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis (DSc uchun)).

Barcha hujjatlar pdf shaklida 2024-yilning 15-sentabridan 2024-yil 15-oktabrigacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://daraja.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.

🎓 Kirish imtihonlari:

2024-yilning 1-noyabridan – 25-noyabrigacha.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari guvohnomaning asli va uning nusxasini taqdim etishlari shart.

Manzil: Toshkent  shahar, Chilonzor  tumani, Chilonzor  ko‘chasi, 25-uy.

e-mail: mvaoiti@exat.uz, mvaoiti@gmail.com.

veb-sayt: www.moiti.uz.

Tel.: (94) 670-75-50