Xalqaro hamkorlik aloqalari

Markaziy Osiyo, ayrim Yevropa, Arab va Sharqiy mamlakatlarining oila va ayollar sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar haqida maʼlumot

Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘nalishida xalqaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatish mumkin bo‘lgan xorijiy tashkilotlar to‘g‘risidagi maʼlumot

O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib borayotgan halqaro tashkilotlar to‘g‘risida qisqa  maʼlumot

 

Institutni vazifalaridan biri - Respublika miqyosidagi taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa davlat, nodavlat tashkilotlar bilan oila va mahalla institutlarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlikni o‘rnatish, mustahkamlash va rivojlantirishdir.

Mazkur vazifani bajarish maqsadida bo‘lim tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, xamkorlikni kengaytirish, integratsiyasini taʼminlash yo‘nalishi bo‘yicha muassasa, tashkilotlarning faoliyati o‘rganib borilmoqda. Bugungi kunda 70 dan ortiq tashkilot kiritilgan ro‘yxat shakllantirildi, shundan 26 tasi bilan turli yo‘nalishlarni qamrab olgan hamkorlik Memorandumlari imzolandi va ijroga yo‘naltirildi. Masalan: 

- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiyena va professional kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti;

- Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi;

- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

- O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi;

- O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash” instituti;

- Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi;

- Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi;

- Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti;

-“Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi;

- O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti;

- O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi;

- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;

- O‘zbekiston Respublikasi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi;

- O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi;

- Ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish bo‘yicha respublika markazi.

 

 Yuqorida keltirilgan vazirlik/tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida Institut tomonidan 2 ta fundamental, 1 ta amaliy, 1 ta innovatsion va 50 ga yaqin qisqa muddatli ilmiy-amaliy loyiha bajarildi.

Shu bilan birga, 4 ta xalqaro, 8 ta respublika miqyosidagi anjuman, 3 ta “qishqi, yozgi maktab” va boshqa tadbirlarda hamkorlar spiker va ishtirokchilar sifatida ishtirok etishdi, konferensiyalar doirasida chop etiladigan maqolalar to‘plamiga ilmiy maqola, tezislar muntazam tarzda qabul qilindi va chop etildi.

Shuningdek, Xalqaro aloqalar bo‘limi – o‘tgan davr davomida 30 ga yaqin nufuzli tashkilot rahbarlari, xorijiy elchixonalar va O‘zbekistondagi elchixonalarning rahbarlari va rahbariyati, ilmiy oliygohlarning olimlari bilan uchrashuvlar tashkillashtirib o‘tkazdi. Muloqotlarda “Mahalla va oila” institutining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida maʼlumot yetkazildi va xabardorlik darajasini oshirish choralari ko‘rildi.

2021-yil fevraldan beri “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti BMT Aholishunoslik jamg‘armasi – UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yildi hamda 2021/2022-yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi tasdiqlanib ijroga yo‘naltirildi. Mazkur hujjat doirasida rejalashtirilgan tadbirlar amalga oshirildi (Masalan: “Demografik imkoniyatlar: baholash, chaqiriq va istiqbollar” mavzusida yozgi maktab (2021-yil 7-11-iyun), “Erta nikoh va erta tug‘ruq holatlari” yuzasidan chuqurlashtirilgan sotsiologik tadqiqot (2021-yil avgust-oktyabr oylari), “Aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlaridan barqaror rivojlanish maqsadlarida foydalanish yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar (6-7-oktyabr) o‘tkazildi). 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi doirasida qo‘yidagilar ko‘zda tutildi  – Institut qoshida “Demografiya” ilmiy-o‘quv laboratoriyasini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilish ko‘rsatkichidagi o‘zgarishlar va istiqbolda kutiladigan holatlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslar, xalqaro konferensiyalarni o‘tkazishlar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Rimdagi elchixonasi yordamida Italiyaning: Oila masalalari uyushmasi ("Centro La Famiglia") va Nikoh va oila masalalari bo‘yicha konsultantlar uyushmasi (AICCeF) bilan hamkorlik Memorandumlari imzolandi. (Bugungi kunda hamkorlik yo‘nalishlari – oila aʼzolar o‘rtasidagi xuquq, erkinlik va majburiyatlar, oiladagi zo‘ravonlik masalalari yuzasidan muhokamalar, shu borada 3 ta onlayn shaklda seminar-treninglar o‘tkazildi. Soha doirasida hamkorlar bilan o‘zaro rasmiy hujjatlar, tahliliy maʼlumotlar almashinildi.

Bo‘lim tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida Malayziyaning Ayollar va oila ishlari bo‘yicha vazirligi huzuridagi “Aholi va oilani rivojlantirish” milliy Kengashi, Xitoy Xalq Respublikasi “Shanhay ayollar federatsiyasi”, Pekin universiteti, Buyuk Britaniyadagi Nottingem Trent universiteti huzuridagi ijtimoiy fan maktabdagi “Bolalar, yoshlar va oilalar uchun Nottingem markazlari” bilan mustahkam hamkorlikni o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida 3 ta loyiha ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Loyihalar qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etildi a). Ijtimoiy boshqaruv bo‘yicha mahalla raislari (oqsoqollari)ning kompetentligini takomillashtirish. b). 14 ta hududda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan zamonaviy psixologik xizmatlarni tashkil etish. v). Kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilish. YEI tashkilotidan javob kutilmoqda.

Joriy yil fevral oyida Amerika xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning moliyaviy ko‘magida O‘zbekistondagi Huquqni isloh qilish dasturi direktori o‘rinbosari R.S.Nazarova bilan muzokaralar olib borildi, hamkorlikdagi yo‘nalishlar belgilab olindi. Natijada xamkorlik Memorandumi imzolandi va asosiy urg‘u - oila huquqi va gender tengligi masalalarini ilgari surishga qaratilmoqda.

Institut rahbariyati va xodimlari xalvaro konferensiyalarida ishtirok etmoqdalar, jumladan:

direktor o‘rinbosari, iqtisod fanlari doktori, professor X.Abduramanov

Rossiya Federatsiya Fan va Oliy taʼlim vazirligining demografik tadqiqotlar instituti tomonidan 2021-yil 8-9-dekabr kunlari Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti negizida “Migratsionniye mosti v Yevrazii: Novaya migratsionnaya realnost v epoxu COVID-19” mavzusidagi XIII xalqaro ilmiy-amaliy forumida, 2022-yil 15-17-iyun kunlari Italiya, Rim shahrida “Hayot davomida birdamlik va teng imkoniyatlar uchun kuchlarni birlashtirish” mavzusidagi konferensiyalarida ishtirok etdi;

Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk federal okrugidagi “Ijtimoiy yordam tashkiliy-metodik markazi” tomonidan 10-dekabr kuni o‘tkazilgan «Ssenariy aktivnoy jizni 50+: Noviye texnologii v rabote s grajdanami pojilogo vozrasta» mavzuidagi xalqaro davra suhbatida Institutning kichik ilmiy xodimi F.Sodikov «Rabota po podderjke prestarelix i pojilix lyudey v Respubliki Uzbekistan. Voprosi okazaniya im sotsialnoy podderjki i vedeniye zdorovogo obraza jizni. Sovremenniye issledovaniya i reformi v sfere podderjki pojilix lyudey» mavzuidagi taqdimot bilan qatnashdi.

 

Jarayon davom etmoqda.

 

Yozgi maktab doirasidagi xalqaro hamkorlik

 

Bugungi yangilanish davrida faoliyat natijadorligini taʼminlash uchun sohaga oid chuqur nazariy va amaliy bilimlar, zarur kompetensiyalar va yuksak mahorat talab etiladi.

Shu nuqtayi nazardan oila instituti hamda qadriyat nufuzini yana-da oshirish, yuqori malakali kadrlarni jalb etish, bugungi kun talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh yosh-kadrlarni tayyorlash muhim vazifalar sirasiga kiradi.

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining vazifalaridan biri – “yozgi va qishki” maktablar doirasida dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy maʼruzalar va munozaralar maydonchalarini tashkil etish.

Shu bilan birga, ushbu tadbirlar xalqaro hamkorlik asosida olib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki xalqaro ilmiy hamkorlik institut faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi, jumladan, fanlararo tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish, zamonaviy global muammolarini hal qilishga yordam beradi.

Shu nuqtayi nazardan 2023-yil davomida “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti ikkita yozgi maktab o‘tkazdi. Jumladan, USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar Dasturi bilan hamkorlikda 1–3-avgust kunlari “Ilmiy tadqiqotlarda gender masalalarini inobatga olish” va 14–18-avgust kunlari BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Rossiya Federatsiyasining Oliy iqtisodiyot maktabi A.G.Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti bilan “O‘zbekistonda demografik tahlil va aholi prognozlarini tuzish asoslari” mavzusida yozgi maktablar sayyor shaklida tashkil qilindi.

Yozgi maktablarning asosiy maqsadi: ilmiy tadqiqotlar olib borishda amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish, institutning ekspert va yosh olimlar bazasini  kengaytirish, bilim va tajriba almashish, ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy tendensiyalari bilan tanishtirish, yosh olimlarni sohaga jalb etish, tadbirlar mavzusi doirasida ishtirokchilarda zaruriy bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish va malakalarni oshirishdan iborat.

Mazkur “yozgi maktablar”ning mashg‘ulotlarida “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik o‘rnatgan nufuzli oliy taʼlim muassasa va tashkilotlardan jami 40 nafardan ziyod tinglovchi, ular orasida fan doktori, PhD, katta va kichik ilmiy xodim va doktorantlar ishtirok etdi.

Shu bilan birga, yozgi maktabga yuqori malakali milliy olim-ekspertlar hamda xorijiy mutaxassislar jalb etildi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasining A.G.Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti rektori, “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti olimlari, amaliyotchi mutaxassislari tomonidan ilmiy maʼruzalar va amaliyot darslari o‘tildi.

O‘quv jarayonlari zamonaviy usullar asosida yuksak ilmiy saviyada, interfaol uslublarni qo‘llagan holda olib borildi (taqdimot texnologiyasi, aqliy hujum, keys, amaliy mashg‘ulot va boshqalar).

Ishtirokchilarning bilim darajasini va fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda kelgusida ushbu yo‘nalishdagi “maktab” faoliyatini takomillashtirish maqsadida kurs boshida va yakunida pre-va post-testlar o‘tkazildi.

“Yozgi maktab” dasturi yakunida mavzulardan kelib chikib, sohani rivojlantirishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. Ular barchasi umumlashtirilib rahbariyatga faoliyatda qo‘llash va foydalanish uchun kiritildi.

Ikkala yozgi maktab tinglovchilariga dastur yakunida “Oila va xotin-qizlar” instituti, USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar Dasturi hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Institutning xalqaro aloqalar bo‘limi – 2023-sentyabr