“Harbiylar oilalarining mustahkamligini oshirishning amaliy-metodologik asoslari” mavzusidagi o‘quv kursining birinchi kuni
Oila jamiyatning mustahkam poydevori, davlatning harakatlantiruvchi kuchidir. Shunga ko‘ra, oila mavqei va oilaviy munosabatlar masalasi doimo davlat eʼtiborida bo‘lib kelgan. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, “Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa – vatan tinch bo‘ladi”.

Azal-azaldan xalqimizda oila muqaddas qadriyat sifatida qadrlanib kelingan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlik bo‘ladi. Yaqin-yaqingacha mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ahvolidan xabardor bo‘lish, ko‘mak qo‘lini cho‘zish, notinch oilalarni murosaga keltirish va yarashtirish, mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish kabi konsultativ va regulyativ vazifalar amalga oshirilib kelingan. Bugungi kunda mamlakatimizda mahallaning mazkur vazifalari qonun bilan mustahkamlangan holda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni hamda 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarorining qabul qilingani ayni fikrimizning isbotidir. Mazkur qaror yuzasidan soha mutaxassislari oldiga qator vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, “15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Farovon oila sari” g‘oyasi ostida kompleks chora-tadbirlar hamda “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish rejasi tasdiqlandi. Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni amalda bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutida “Harbiylar oilalarining mustahkamligini oshirishning amaliy-metodologik asoslari” mavzusida 2022-yilning 12–13-may kunlari o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. O‘quv kursida Mudofaa vazirligining harbiy qism va muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislari jalb etildi. Bugun mazkur nazariy va amaliy tarzda o‘tkazilayotgan o‘quv kursining ochilishi o‘tkazildi.
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva o‘z maʼruzasida: “– Tashkil etayotgan mazkur o‘quv kurslarimizda, avvalo, oila hamda tarbiya konsepsiyasini Sharq tamadduniga xos qadriyatlar, mutafakkirlarning oilaga oid ahloqiy qarashlari haqida tushunchalar berishni, oila huquqiga oid bilimlar bilan tanishtirishni, gender tengligiga erishishning amaliy jihatlari bo‘yicha metodik tavsiyalar berishni maqsad qilganmiz. Barchamizga maʼlum, “Oila — muqaddas”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyalarini turmushga chiqmagan va yangi turmushga chiqqan yosh kelinlarning ongiga singdirib borish, yoshlarga oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik, tibbiy, huquqiy, ahloqiy, maʼnaviy aspektlariga oid bilim va ko‘nikmalarni yetkazish, oilaviy hayot, oila psixologiyasi, oilaning funksiyalari, oilada er va xotin, qaynona va kelin, ota-ona va farzand rollari, vazifalari haqida maʼlumotga ega bo‘lishi singari yana boshqa bir qator oilalar farovonligi uchun muhim bo‘lgan maqsadlarni siz aziz tinglovchilarga yetkazish orqali harbiy oilalarning yana-da tinch-totuvligiga erishishni maqsad qilmoqdamiz...”

O‘quv kursida Mudofaa vazirligining harbiy qism va muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislarining oilalar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, farzand tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik omillari, harbiy xizmatchilar oilalari bilan ishlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar, oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari va yosh harbiy xizmatchilarni oila qurishga tayyorlash, oilada zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan ijtimoiy-psixologik ish olib borish, oilaviy munosabatlar diagnostikasi, oilaviy munosabatlar konsultatsiyasi, oilaviy huquqiy munosabatlar va ularni tartibga solishning o‘ziga xos hususiyatlari, gender tengligiga erishishning amaliy jihatlari, prenapadeya nima? Prenapadeya asoslari va oilada bola tarbiyasi qachondan boshlanadi? Oilada barkamol avlodni g‘oyaviy tarbiyalash kabi mavzularda malakalari oshiriladi. O‘quv kursining yakunida eng naʼmunali tinglovchilar savol-javob tarzida aniqlanib, ularga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Рус
Eng



