“Gender reytinglarda ijobiy siljish📊”

04:00 - 27 Fevral Yangiliklar
11


🌐 “Ayollar, biznes va qonunchilik – 2026: Bandlik va inklyuziv iqtisodiy o‘sish uchun qonunchilikni baholash”

   

     📈O‘zbekiston “Ayollar, biznes va qonun” indeksining asosiy indikatorlari bo‘yicha 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilib, so‘ng 5 pog‘onaga yuqorilab, O‘zbekiston dunyo davlatlar orasida 134-o‘rinni egalladi. Indeksining 2021, 2022 va 2023-yillardagi hisobotlarida O‘zbekiston 190 ta davlat orasida 70,6 ball, 2024-yilda O‘zbekiston 190 ta davlat orasida 82,5 ball qayd etgan holda Markaziy Osiyoda birinchilikni egalladi.

    📊 Jahon Bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksining 2026-yilgi hisobotida O‘zbekiston global miqyosda ijobiy va raqobatbardosh o‘rinni egalladi. Jumladan, O‘zbekiston 190 ta davlat orasida “huquqiy asoslar” ustuni bo‘yicha 82,10 ball to‘plagan holda kuchli 50 talikka kirdi, yaʼni xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini taʼminlovchi qonuniy huquqlar bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro maydonda yuqori pog‘onaga chiqib oldi. 

    🔼Shu bilan birga, O‘zbekiston gender tengligi bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon o‘rtacha darajasidan yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Shuningdek, O‘zbekiston “Yevropa va Markaziy Osiyo” mintaqasida o‘rtacha darajasidan ham yuqoriroq o‘rinni egalladi.

    🌎 O‘zbekiston mamlakati iqtisodiy imkoniyatlari o‘xshash bo‘lgan boshqa davlatlarga nisbatan huquqiy tenglik borasida qariyb 24 ballga o‘zib ketdi va guruh yetakchilaridan biriga aylandi. 

   ↗️ 2023-yil oktyabrdan 2025-yil oktyabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston dunyo bo‘ylab ijobiy islohotlar o‘tkazgan 68 ta mamlakat ro‘yxatiga kirdi. Ayniqsa, eng ko‘p islohotlar qilingan “Tadbirkorlik” yo‘nalishida O‘zbekiston davlat xaridlari jarayoniga gender tamoyillarini kiritgan yetakchi 6 ta davlatdan biri sifatida eʼtirof etildi. 

ness image
Chop etish