Samarqandda yana bir o‘quv-seminar

2021 yilning 13-noyabrida Samarqand viloyatining Ishtixon va Qo‘shrabot tumanlari mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Sobir Xodjayev tomonidan olib borildi. Seminarda ikkita tumandan 101 nafar MFY raislari ishtirok etdi. Seminar davomida mahalla tizimiga doir chiqarilgan qonunlar, qarorlar va farmonlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, seminar davomida mahallla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan ularnig faoliyatiga doir bo‘lgan muammolar va takliflar muhokama qilindi.