Psixologik maslahat
Biz doimo stressli vaziyatlarga duch kelganimizda, ayniqsa biz nazorat qila olmaydigan vaziyatlarda, tanamiz charchaganini his qila boshlaymiz.
Bu inson ongi uchun zararli, chunki stress immunitet tizimiga salbiy ta‘sir qiladi va kasalliklar ehtimolini oshiradi.
Inson har safar stressli voqeani tasavvur qilganida, garchi u hozir biz bilan sodir bo‘lmagan bo‘lsa ham, sovuq terga tushadi! Miya tanani jangga safarbar qilish orqali sezilgan tahdidga javob beradi
Tabiiy energiya zahiralari tugashi bilan biz boshqa alomatlarga duch keladi.
Surunkali charchoq va buning natijasida odatdagi ishlarni bajarish qobiliyati yo‘qoladi.
Ong ko‘pincha mayda muammolar bilan shu darajada ovora bo‘ladiki, boshqa hech narsaga o‘rin qoldirmaydi.
Ba‘zida biz negativlar poygasiga tushib qolamiz va biz kim ekanligimiz va nimani xohlayotganimiz bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan ustuvorliklarga e‘tibor qaratamiz.
O‘zimizdan bunday uzilish na sog‘liq uchun foydali, na samarali bo‘ladi, bu ko‘plab boshqa muammolarga, jumladan, hissiy stress va kayfiyatning o‘zgarishiga olib keladi.
U yoki bu narsa haqida tashvishlanayotganimizda boshqa voqea haqida, garchi ular bizning nazoratimizdan tashqarida bo‘lsa ham, stressni his qilamiz.
Siz kunni o‘tkazish uchun ataylab his-tuyg‘ularingizni e‘tiborsiz qoldirganmisiz? Bu mushak og‘rig‘i, oshqozon buzilishi, bosh og‘rig‘i va uyqusizlik kabi alomatlar jiddiy muvozanatni ko‘rsatadi.
O‘z tanangizga bee‘tibor bo‘lishni bas qiling, o‘z qobiliyatlaringiz bilan faxrlanishni boshlang.
Siz o‘zingiz istagan hayotni yashang , men o‘zimni juda yomon his qilyapman g‘oyasi bilan emas!
🔹Kaliforniyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga o‘rtacha 4️⃣0️⃣0️⃣ marta "yo‘q" ("no") 🚫 degan so‘zni eshitishadi. (sakrama🤸🏻❌ (no jumping), yig‘lama 😢❌ (no crying), yugurma 🏃❌(no running) kabi).
🔸Biz buni ❌taqiqlar❌ deb tushunsak ham bo‘ladi.
🔹Bu holat bola ongostida "men xavfsiz holatda qolishim uchun o‘zimni chegaralashim kerak ekan" degan irratsional ishonchni singdirib qo‘yish ehtimolini oshiradi.
❓Yechim bormi❓
🔹Bola xavfsizligini ta‘minlash uchun taqiqlar kerak, lekin ularning me‘yorini o‘zgartirishimizga to‘g‘ri keladi.
1️⃣ Taqiqning o‘rnini bosuvchi boshqa xatti-harakat taklif qilish usuli:
❌Yugurma ➡️✔️sekinroq yur, bolam.
❌Yig‘lama ➡️✔️ kel yonimga, nima yordam kerak ayt.
2️⃣ Taqiqni ruxsatga aylantirish usuli:
❌Qo‘lingni yuvmagansan. Yema hozir ➡️ ✔️pechenyeni qo‘lingni yuvganingdan so‘ng yeysan.
❌Hovliga chiqma ➡️ ✔️hovliga birozdan keyin birga chiqamiz.
3️⃣ Taqiq o‘rniga boshqa taklif berish usuli:
❌Telefon o‘ynama ➡️ ✔️kel, birga lego yasaymiz.
❌Unga tegma ➡️ ✔️qara, senga bir narsa ko‘rsataman.
🔹Muhimi – taqiqlar bolaning qiziquvchanligini to‘sib, olam xavfli degan tasavvur hosil qildirib qo‘ymaslik.
Shuning uchun:
🔸Farzandingiz uchun maxsus olam bilan tanishtirish usulini o‘ylab topish kerak.
🔹Toki ortiqcha chegaralar, gipperg‘amxo‘rlik bolangizni chegaralab qo‘yishga xizmat qilmasin.
🎬 Mobbing – jamoada (ish, o‘qish joyida) ruhiy bosim o‘tkazish shakli bo‘lib, surunkali davom etganda kasallikka aylanadi. U turli qo‘rqitishlar, mazax qilishlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Nafaqat kattalar🤵🏻♂️, balki bolalar🤵🏻 ham ta‘qib qurbonlariga aylanishi mumkin. Sinfdoshlar orasida mobbing keng tarqalgan hodisadir. Bolalar ko‘pincha boshqalardan ajralib turadiganlarga (“oyisining erkasi”, a‘lochi yoki ikkichilar, jismoniy zaif bolalar, tashqi ko‘rinishi boshqacharoq bo‘lganlar) tegajog‘lik qiladilar.
Ⓜ️ Mobbing turlari:
1️⃣ Og‘zaki tahqirlash – qurbon doimo haqoratlar, masxara-mazaxlar va xo‘rlanishga uchrashi.
2️⃣ Jismoniy ta‘sir – tepish, turtish va urishish orqali namoyon qilish.
3️⃣ Gaplashmaslik, aloqani uzish (boykot), asosan, ayollar jamoasida ko‘proq uchraydi.
4️⃣ Tahdidlar – o‘g‘il bolalar orasida ham, qizlar orasida ham keng tarqalgan hodisa.
❗️Epidemiologiyasi:
❇️ O‘tkazilgan tadqiqot va so‘rovnomalarning natijalariga ko‘ra, kasallikning tarqalganligi 1–10% ni tashkil etadi.
❇️ Ijtimoiy va sog‘liqni saqlash sohalarida yaqqol ifodalanadi.
❇️ Shaxsning o‘ta sezuvchanligi, stressga bo‘lgan chidamliligi va frustratsion tolerantlikning pasayishi kabilar ahamiyatga ega.
❇️ Mobingning asosiy simtomlari – uyqu buzilishlari, nevroz, ta‘sirchanlik, depressivlik, suitsidal xayollar.
🚑 Mobbing va u bilan uning ilk bosqichlaridanoq kurashish, davolash lozim. Bola sinfdoshlari tomonidan qanchalar uzoq vaqt haqoratlansa, keyinchalik biron jamoaga moslashishi va jamiyatda o‘zini xolis baholashi shunchalik qiyin bo‘ladi. Quyidagilar tavsiya etiladi:
▶️ hodisa joyini obyektiv analiz qilish;
▶️ o‘ziga ishonch treningi;
▶️ relaksatsiya texnikalari;
▶️ stressni yengish texnikalari;
▶️ zaruriy sport turi;
▶️ stress natijasida yuzaga kelgan ruhiy buzilishlarni (depressiya, qo‘rquv) davolash.
Qaynona va kelin munosabatlarining ijobiy ruhda shakllanishi, samimiy bo‘lishini ta‘minlovchi hamda, aksincha, salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlashni umumiy yo‘li mavjudmi?
Mana shu savollarga javob topish maqsadida “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlar tomonidan 2023-yil iyun-sentyabr oylari davomida tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqotga umumiy hisobda nafar respondentlar jalb etilib, ulardan tasini qaynonalar va tasi kelinlar tashkil etgan. Ishtirokchilarning fikrlari sotsiologik so‘rovnoma orqali aniqlanib, umumlashtirildi.
Tadqiqotda qaynona va kelin o‘rtasidagi muammolarda quyidagi omillar asosiy sabab bo‘layotganligi aniqlandi:
Qadriyatlardagi transformatsiya jarayoni. Kelinlardan o‘z qaynonasi bilan munosabatlari yomonlashuviga, turli tushunmovchilik va nizoli vaziyatlarga sabab bo‘lgan holatlar borasida so‘ralganida, ko‘pincha deyarli bir xil muammolar saqlanib qolayotganligini ta‘kidlashdi. Mazkur muammolarning aksariyati jamiyatda xotin-qizlar rollarining o‘zgarib borayotgani hamda uning asosida yuz berayotgan qadriyatlardagi transformatsiya jarayoni tufayli sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin.
Qaynona va kelin fikrining bir joydan chiqmasligi o‘zaro tushunishni susaytiruvchi omil sifatida kelinlar tomonidan ko‘proq e‘tirof etilgan. Qaynona-kelinlarning dunyoqarashi va turmush tarzidagi farqlar aksariyat holatlarda ularning munosabatlari keskinlashuvi kabi sabablarning asosini tashkil etayotganini ko‘rish mumkin.
Kutishlar va hayotdagi mavjud holatning nomutanosibligi. Bugungi kunda qaynonalar kelinlaridan mukammallikni talab qilmoqda. Lekin kelinlar doimo vaqt , salomatlik , bandlik hamda oila a‘zolarining qo‘llab-quvvatlamasligi kabi omillar sababli qaynonaning talablariga javob bera olmasligi mumkin.
Shuningdek, qaynona-kelin munosabatlarining keskinlashuviga yana quyidagi omillar sabab bo‘lishi ham mumkin:
- moddiy masalada (maoshni olib qo‘yish, oila byudjetini taqsimlash)
- farzandlar parvarishi va tarbiyasi (nevaradagi nuqsonlar, nogironlik, surunkali kasallik, nimjonlik, farzandsizlik, nabiralarga turlicha yondashish)
- rashk (o‘g‘lini yoki erini qizg‘anish, o‘g‘il va kelinning bir-birini rashk qilishi) uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarish (haddan tashqari ko‘p vazifalarni bajarish, mehnatning teng taqsimlanmaganligi)
- kelinning oila a‘zolariga (jumladan, qaynonaga) hurmatsizligi (o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilishi, qo‘pol munosabatda bo‘lishi)
- shaxsiy xususiyatlar va o‘zaro munosabatlardagi ishonchsizlik (maydagaplik, piching, bir-birini yomonlash, qarindosh, dugona va qo‘shnilarga oilaviy sirlarni, muammolarni aytish oqibatida) holatlari qaynona-kelin nizolarining sababi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Fobiya – bu real bir xavf bo‘lmagan holatda ham paydo bo‘lib, psixikaga mustahkam o‘rnashib, doimiy qo‘rquv holatini paydo qiladi. Fobiyani aqlan nazorat qilib bo‘lmaydi. Fobiya payti inson o‘z harakati va qiliqlariga javob bera olmaydi va o‘zini boshqara olmaydi.
Agar inson hayotida xavf tug‘ilgan shu vaqt qo‘rqqan bo‘lsa, bu vaziyatning takrorlanishini istamaydi va bu holatdan qochadi. Ammo yana shu vaziyatning takrorlanish ehtimoli bo‘lsa, o‘z qo‘rquvini yengib o‘ta oladi. Masalan, metroda qo‘rqqan odam boshqa metroga tushishni istamaydi, ammo metroga tushmaslikning iloji bo‘lmasa, qo‘rquvni yengib metroga tushadi, o‘z qo‘rquvini nazoratga oladi.
Fobiyada esa inson o‘zini nazorat qila olmaydi va vahima jazavasiga tushadi, o‘z xatti-harakatlarini boshqara olmaydi. Uni majburlashsa, ruhiy jarohat olib, hushdan ketish kabi holatlarga olib kelishi mumkin.
Butun dunyo statistikasi maʼlumotiga ko‘ra, dunyo aholisining har sakkizinchisida fobiya bor ekan
Fobiyaning turlari:
Ijtimoiy fobiyalar – ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lish fobiyasi. Boshqalar oldida uyalib qolishdan, kamsitilishdan qo‘rqish; notanish davralarga qo‘shila olmaslik; maʼruza qilishdan, kimgadir gapirishdan qo‘rqish.
Agorafobiya – biror yomon hodisa ro‘y berishidan qo‘rqish, yolg‘giz yura olmaslik.
Hayvon yoki jonzotlardan qo‘rqish:
–kinofobiya–kuchukdan qurqish.
– gatofobiya – mushukdan qo‘rqish;
– araxnofobiya – o‘rgimchakdan qo‘rqish;
– ofidofobiya – ilonda qo‘rqish.
Vaziyat bilan bog‘liq fobiyalar:
– klaustrofobiya – yopiq joydan qo‘rqish;
– oxlofobiya – odam gavjum joydan qo‘rqish;
– monofobiya – yolg‘iz qolishdan qo‘rqish.
Tabiat va atrof-muhitdan qo‘rqish:
– akrofobiya – balandlikdan qo‘rqish;
– niktofobiya – qorong‘ilikdan qo‘rqish;
– akvafobiya – suvdan qo‘rqish;
– pirofobiya – olovdan qo‘rqish.
Sog‘lik bilan bog‘liq qo‘rquvlar:
– odontofobiya – stomatologik davolanishdan qo‘rkish;
– batsillofobiya – mikrob va kasallik yuqishidan qo‘rqish;
– kardiofobiya – yurak kasallanishi va infarkt bo‘lib o‘lib qolishdan qo‘rqish;
– gematofobiya – qondan qo‘rqish.
Harakat bilan bog‘liq qo‘rquvlar:
– stazifobiya – tik turishdan qo‘rqish;
– lalofobiya – gapirishdan qo‘rqish;
– tremofobiya – qo‘lning titrashidan qo‘rqish;
– bazilofobiya – yurishdan, qadam tashlashdan qo‘rqish
– amaksofobiya – mashinada yurishdan qo‘rqish.
Quyidagi simptomlardan ikkitadan ko‘pi aniqlansa, fobiya tashhisi qo‘yiladi:
– terlash;
– yurakning tez urib ketishi;
– titrok;
– og‘iz qurishi;
– ko‘krakda noxushlik yoki sanchiq;
– havo yetmasligi;
– nafas olish qiyinligi;
– depersonalizatsiya yoki derealizatsiya;
– bosh aylanishi;
– jimirlash yoki sezmaslik;
– o‘lib qolishdan qo‘rqish;
– o‘zini nazorat qilolmay qolishdan qo‘rkish;
– sovqotish yoki qizib ketish;
– ko‘ngil aynishi.
Qo‘rquv nima?
Qo‘rquv – bu organizmning himoya mexanizmi bo‘lib, hayot xavfi tug‘ilganda organizmda o‘zini himoya qilish uchun gormonlarni ishlab chiqarib, ko‘rkuv hissiyotining paydo bo‘lishidir. Bunda yurakning tez urib ketishi, nafas olishning tezlashishi, titroq bosish, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, ter bosishi yuzning oqarib ketishi kabi simptomlar paydo bo‘ladi. Qo‘rquv hissiyoti paydo qilgan himoya reaksiyalari insonni xavfdan asraydi. Odamning balandlikdan tushib ketmasligiga, issiq suvga kuyib qolmasligiga, shamolda, bo‘ronda, zilzilada va hokozo vaziyatlarda himoya sifatida ishlatiladi. Qo‘rquv hissiyoti sababli inson xavfdan uzoqlashadi va hayoti uchun xavfsiz holat tanlaydi.
QO‘RQUV VA XAVOTIR
“Men hech narsadan QO‘RQMAYMAN!” deydigan kimsalar avvalo o‘zlarini aldaydilar. Xavf tug‘ulganda paydo bo‘ladigan qo‘rquv tabiiy va paydo bo‘lishi shart bo‘lgan his-tuyg‘u hisoblanadi. Inson hayoti uchun xavf tug‘ulganda o‘zini saqlab qolish instinktining paydo bo‘lishi qo‘rquv hissiyoti orqali amalga oshiriladi. Qo‘rquv kuchlarning to‘planishi va yo‘naltirilishiga sabab bo‘ladi. Qo‘rquv natijasida miyaning fikrlash va qaror chiqarish tezligi ortadi. Diqqat jamlanadi, muammoli vaziyatdan chiqish yo‘llari qidiriladi. Qo‘rquvning yo‘qligi xavfni baholay olmaslikdir. Xavfni tasavvur qilishning yo‘qolishi, real paydo bo‘lishi mumkun bo‘lgan xavfni his etmaslik bo‘lib hisoblanadi.
QO‘RQUVNING XAVFLI TOMONLARI
Qo‘rquv natijasida havotir, titrash, kuchsizlik, nimjonlik va harakatsizlik kelib chiqadi. Bu holat nerv faoliyati mutanosibligining buzulishlariga olib kelib, jazavaga tushib qolish va harakat qila olmaslikni paydo qiladi. Vaziyatni to‘g‘ri baholay olmaslik yechimsizlik, yengilish hissi kabi hissiyotlarga sabab bo‘lib, kurashishdan voz kechish qaroriga sabab bo‘ladi. Jazavaga tushgan insonning holati atrofdagilarga yuqish xususiyatiga egadir. To‘g‘ri fikrlay olmagan odam, jazavaga tushadi va hayotini saqlab qolish hissi bilan harakatlanib “Joningni saqlab qol!” shiori ostida qaror chiqara boshlaydi. Vasvasa va jazavaga tushgan insonlar o‘zligini yo‘qotib, TO‘DAning bir bo‘lagiga aylanib qoladilar. Bu insonlar fikrlay olmaydilar aksincha, hayotini saqlab qolish instinkti tomonidan boshqarilib, o‘z harakatlariga javob bera olmaydilar. To‘da esa boshqarib bo‘lmaydigan, o‘z harakatlariga javob bera olmaydigan jazavaga tushgan insonlar oqimiga aylanadi. Bu xavfli to‘da harakatlari aqlga sig‘mas doirada bo‘ladi, masalan, odamlar baland qavatlardan o‘zlarini tashlashlari mumkin. Yordam kutish kabi to‘g‘ri qaror o‘rniga, o‘z hayotini xavfga qo‘yish va aql doirasidan tashqaridagi harakatlarni bajarish bu kabi qo‘rquv iskanjasiga tushgan insonlarga xosdir. Vahimaga qarshi borish judayam qiyin vazifa bo‘lib, faqatgina juda kuchli irodasi bor insonlarning qo‘lidan keladi. Bu insonlar nafaqat o‘z harakatlarini boshqara oladilar, balki to‘daniyam boshqarishga kuchi yetarli bo‘ladi.
Agar Sizning shaxsiy hayotda omadingiz chopmayotgan bo‘lsa, hamkasb va do‘stlaringiz bilan munosabatlaringiz yaxshi bo‘lmasa, balki Sizning emotsional salohiyatingiz (EQ) pastdir. Quyidagi savollar bo‘yicha tekshirib ko‘ring, balki unday emasdir.
1. Men o‘z imkoniyatlarimni baholashda to‘g‘ri yondashamanmi?
Balki sizga ham o‘zlarida yumor hissini baland hisoblovchi zerikarli insonlar ro‘para bo‘lgandir. Balki o‘zini eng kuchli yozuvchi yoki jurnalist hisoblovchi grafomanlar to‘g‘ri kelgandir. Balki olgan fotosuratlarini boshqa hech kim tushunmaydigan, aslida yuqori sanʼat asari hisoblanuvchi fotograflar suhbatini olgandirsiz. Nima bo‘lganda ham bu insonlar yuqori ehtimol bilan emotsional salohiyati (EQ) past insonlar hisoblanadi. Agar insonning emotsional intellekti yaxshi rivojlangan bo‘lsa, u inson o‘zining kuchli va ojiz tomonlarini biladi, kuchli tomonlarini rivojlantiradi, kamchiliklari bilan kurashadi, nafaqat o‘zi balki atrofidagilarni ham hayotiga xalaqit berayotgan unsurlarini yo‘qotishga harakat qiladi. Emotsional salohiyati past insonni aniqlash uchun unga sen boshqa insonlarning his tuyg‘ularini tushunmaysan deb ko‘rsangiz, javob tariqasida u o‘zining boshqalarni idrok qilish bo‘yicha eng kuchli ekanini eshitasiz.
EQ pastligi belgisi: Ular o‘zgalarni hech vaqt tushunmaydi, qadrlamaydi, noto‘g‘ri tanqid qilishayotgani, noto‘g‘ri baholashayotgani, qilgan mexnatlaringizni eʼtiborga olishmayotganini sezadi.
2. Men ko‘p tanqid qilamanmi?
EQ si past insonlar boshqa odamlarni ko‘p tanqid qilishadi. Tushunish va kechirish ular uchun yot hisoblanadi. Ulardan vaziyatga qarab ish tutish, sal pastroq "uchish" taklif etilsa jahli chiqadi, muhokama qilishni va maslahat berishni yaxshi ko‘rishadi. Emotsional salohiyati past insonlar boshqalarni haddan ziyod taʼsirchan deb hisoblaydi. Hazilni orttirib yuborishadi, noo‘rin paytlarda kamchiliklaringiz ustidan kuladi. Ular bu harakatlarini insonlarga og‘ir botishini, qalbini yaralanishini sezmaydi. Buning sababi maʼlum: ular boshqalar sezgan narsalarni his qilmaydi.
EQ pastligi belgisi: bu insonlar hazil mutoyibaga og‘riqli reaksiya bildiradi, tentaklikka katta eʼtibor qaratadi.
3. Boshqalarning nuqtayi nazarini qabul qilamanmi?
Emotsional salohiyati past insonlarning yana bir belgisi ularning tortishuvlarga beriluvchanligi va o‘zgaruvchan emasligidir. Ular o‘zining haqligiga shunchalik ishonishadiki ularni qayta ishontirish mushkul. Ular argumentlarni qabul qilishdan bosh tortishadi, eng oliy takliflarni bir pulga chiqaradi.
EQ pastligi belgisi: Ular yo‘q joydan tortishuvlar chiqaradi, hamkasbidan ko‘plab isbotlar keltirishni talab etadi. So‘z jangiga ko‘plab insonlarni (do‘stlari, yakinlari, hamkasblari) jalb qiladi. Tortishuv ko‘pincha holdan toydiruvchi "mag‘lubiyat" bilan yakunlanadi.
4. Men o‘z xatoyimni boshqalarga to‘nkay olamanmi?
O‘z hissiyotlarini boshqara olmaslik ko‘pincha bunday insonlarda emotsional portlashlarga olib keladi. Ularga nisbatan emotsional salohiyati yuqoriroq insonlar o‘z his-tug‘ularini jilovlay oladi, nazorat qiladi, tortishuvlardan qochadi. EQ si past insonlarning holatini noadekvat deb baholaydi.
EQ pastligi belgisi: ular o‘zining noadekvat xulqida o‘zini emas boshqalarni ayblaydi. Bu instiktiv tarzda ketib, ular buni idrok etishmaydi. Shuning uchun ular o‘zlarini vaziyat qurboni hisoblaydi va xafa bo‘lishadi.
5. Men o‘zimning xaqiqiy emotsiyalarimni yashira olamanmi?
EQ si past insonlarni yana bir xususiyati kuchli his-tuyg‘ularga olib keladigan vaziyatlarni to‘g‘ri baholay olmaslik hisoblanadi. Ular bundan qochishga harakat qilishadi va o‘zining haqikiy emotsiyalarini yashirishadi.
EQ pastligi belgisi: ular do‘stona va sevgi munosabatlarini qiyin boshdan kechirishadi. Ularning kompromisga kelishi va yon bosishi qiyin. Ularda hamdardlik hissi bo‘lmaydi.
6. Men o‘zimni boshqalarning o‘rniga qo‘yib ko‘ra olamanmi?
Emotsional salohiyati past insonlar na o‘zining na birovning hissiyotlari bilan kelishadi.
EQ pastligi belgisi: ular hech qachon o‘zlarini birovning o‘rniga qo‘yib ko‘rmaydi, birovning "tanasi ichiga kira olmaydi", maʼnaviy jihatidan "kambag‘al" hisoblanishadi.
Qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi bo‘limi ilmiy xodimi
Sadullayeva Jamila
Hamma baxtli bo‘lgisi keladi. Baxtli bo‘lishni istamagan inson bormikan bu dunyoda? Ammo har bir inson baxt tushunchasini o‘zicha tushunadi, hayot esa boshqacha “baxt”ni kashfiyot qildiradi.
Baxtli insonning ko‘ziga osmon musaffo ko‘rinadi, yutayotgan luqmasi ichiga botadi go‘yo. Baxtli inson tog‘larni talqon qilishga kuch topadi-yu, Laylisini maftun qila oladi. Baxtli bo‘lgan onlarda hamma insonlarni kechirib yuborasiz. Baxtli bo‘lgan paytda saxiyligingizning chek-chegarasi bo‘lmay qoladi. G‘azab, nafrat, dahshat, qo‘rquv sizga yot unsurga aylanadi. Bu paytda vaziyatni adekvat tahlil qilish qobiliyatingiz sustlashadi. Xavfni sezish, himoyalanishga tayyor turish qobiliyatingiz oqsaydi.
Hissiyot intellekti (EI yoki IQ) – bu insonning o‘zining va o‘zgalar hissiyotlarini tanish, tushunish va shu orqali fikr yuritish, hissiyotlar tahliliga asoslanib to‘g‘ri qaror chiqara olish qobiliyatiga aytiladi. Hissiyot intellektini to‘g‘ri rivojlantirish va to‘g‘ri tarbiyalash og‘riqli hissiyotlarni ham siz uchun ishlata olish malakasiga olib keladi. Og‘riqli hissiyotlar kelganida ularni olmaslik, ularga to‘g‘ri munosabat bildirish ham bir ruhiyatning kuchi hisoblanadi.
G‘azab.
G‘azab olovga o‘xshaydi. Olov uyni isitganidek, uyni yondirishi ham mumkin. G‘azab ham sizning hayotingizga issiqlik olib kelishi va sizning taqdiringizdagi yong‘inli kunlaringizga sabab bo‘lishi mumkin. G‘azablanmayman deyish noto‘g‘ri, ammo g‘azablangan paytda uni jilovlay bilish to‘g‘ri yo‘ldir. Sizning ichingizda olov purkalsa, g‘azab otiga minsangiz bir tin olishni o‘zingizga kasb eting. Vaziyatga baho berib, bu g‘azab nima asosida paydo bo‘lganligini tahlil qiling.
O‘zingizga savol bering?
1. Bu g‘azabni sababchi bo‘lgan insonga emas, biror harakatga yo‘naltira olasizmi?
2. G‘azabingizni qo‘zigan inson bilan yakkama-yakka gaplashib ololasizmi?
3. Sizning g‘azabinigizni qo‘zigan inson yoki vaziyat tezkor chora talab qilayogan bo‘lishi mumkin: xavf, qo‘rqituv, taxdid. Bunda sizning tezkor harakatingiz biror insonga emas, xavfni yo‘qotishga, qo‘rquv obyektidan uzoqlashishga, tahdid soluvchi vaziyatdan xolis bo‘lishga chorlamog‘i kerak.
Eng buyuk insonlarda g‘azabkorlik ham o‘ta kuchli bo‘lgan va bu g‘azab to‘g‘ri yo‘naltirilganligi uchun buyuk zafarlar quchishgan.
O‘g‘rilik — kleptomaniya va bolalar o‘g‘riligi bir-biriga uncha bog‘liq bo‘lmagan hodisalardir. O‘g‘rilik psixik og‘ish bo‘lib hisoblanadi va bolalikda kamdan-kam kuzatiladigan kasallikdir. Demak, bolalardagi o‘g‘rilik kleptomaniya kasalligiga bog‘liq emas ekan, u bola ruhiyatining buzulishiga bog‘liqdir.
BOLALARDAGI O‘G‘RILIKNING SABABLARI
Bolaning har bir yoshida o‘g‘rilikning o‘z sababi bor. Maktabgacha bo‘lgan boladagi o‘g‘rilik sabablari:
- Biror narsaga ega bo‘lish xohish-istakning kuchliligi. Masalan, o‘rtog‘idagi yangi o‘yinchoq orzusi, bu bolani o‘sha o‘yinchoqni o‘g‘irlab olishiga sabab bo‘ladi. Bunda bola "meniki", "seniki", "uniki" va "hammaniki" kabi tushunchalarni adashtirib yuborganligi. Ammo o‘yinchoqqa bo‘lgan orzu tagida, ota-onaning farzand istaklari bilan qiziqmagani yotadi.
- Bolaning o‘z yaqinlariga sovg‘a qilish istagi sababli o‘g‘rilik qilishi. Demak, bolaga ota-ona tomonidan kamdan-kam sovg‘a berilmoqdaki, bu istakni boshqalarga ko‘rsatib o‘zidan qoniqish hosil qilish vaziyati paydo bo‘lmoqda. Bolalar ko‘pincha onasiga o‘g‘rilik mahsulini taqdim etadilarki, bu ona tomonidan mehr berilmayotganidan darak.
- Boshqalarni o‘ziga jalb qilish maqsadida o‘g‘rilik qilish. Birovning narsasini o‘ziniki qilib olishish istagi ostida o‘rtoqlari uni tan olmayotgani yoki yengilishi yotadi.
- Kimnidir jazolash yoki o‘ch olish maqsadida narsasini o‘zlashtirish.
- Farzand 8–11 yosh bo‘lganida o‘g‘rilikning paydo bo‘lishi irodasizlik oqibati bo‘lishi mumkin. “Istayman” degan xohish o‘rniga “Mumkin emas” degan qarorni ayta olmagani sabab bo‘ladi.
- Farzandning 12–15 yoshida o‘g‘rilikka qo‘l urishi – anglangan qadamdir.
Ota-ona bolasi o‘g‘rilikka qo‘l urganini sezsa, ushbu 10 ta qoida rioya qilmog‘i darkor:
- 1-qoida: Farzandingizga o‘g‘rilik nima ekanligini tushuntiring. O‘g‘rilikni man eting! Javobgarlikni misollar bilan tushuntiring.
- 2-qoida: O‘z narsasini o‘g‘rilatib qo‘ygan inson xatti-harakatlari va o‘g‘riga nisbatan paydo bo‘lgan hissiyotlari haqida tushuncha bering.
- 3-qoida: Farzandingizga "o‘g‘ri" degan yorliq qo‘yishdan, undan nafratlanishdan o‘zingizni tiying. Farzandingizga siz uni yaxshi ko‘rishingizni, bu qilgan ishi yomon ekanligini tushuntiring. Hozircha harakati o‘g‘rilikka aylangan farzandingizning o‘zi ham o‘g‘riga aylanishiga yo‘l qo‘ymang.
- 4-qoida: O‘g‘riligi haqidagi hodisani o‘zi bilan xoli qolgan holda tahlil qiling. Bu voqea haqida begonalarga oshkor qilmang. Yakka holda tanbeh bering, hammaning oldida uning faqat yaxshi tomonlarini ayting.
- 5-qoida: “Qanday qilib buni qila olding?”, “Sen meni o‘ylamadingmi?!” kabi kattalarga xos so‘zlarni ishlatib farzandingizni tushunmaydigan hissiyotlar dunyosiga g‘arq qilmang. Bu ayblovlaringizning foydasidan ziyoni ko‘p.
- 6-Qoida: Boshqa tengdoshlariga yoki o‘zingizning yoshligingiz bilan solishtirmang. “Men sendek paytimda...” deb boshlanadigan maʼruzani farzandingiz psixikasi qabul qila olmaydi.
- 7-qoida: Qilgan o‘g‘riligini tahlil qilayotganda o‘rta meʼyor saqlangki, keyingi safar qilgan hatosini yashirmaslikka o‘rgansin.
- 8-qoida: Tahlil qilib bo‘lgach, uning bu ishni qayta qilmasligiga kelishib oling. Bu voqeani boshqa eslamang, farzandingiz ham xuddi shunday yo‘l tutishi kerakligini tushuntiring. Bu voqea haqida farzandingizga har safar eslatishingiz u tomondan o‘zini oqlash uchun sabablar topishga undaydi.
- 9-qoida: O‘g‘rilik sababini bartaraf etish yo‘llarini izlang.
- 10-qoida: Oiladagi illatli holat va tarbiyangizdagi xatolik farzandingizning o‘g‘rilik qilishiga sabab bo‘lganini to‘g‘ri tushuning.
HAYOT PSIXOLOGIYASI
Istak va xohishlarimiz bizni harakatga keltiradi. Istaklar ehtiyojlardan kelib chiqadi. Inson o‘z ehtiyojini qondirish uchun istak-xohish paydo qiladi. Istaklar ehtiyojni qanday qondirish haqida fikrlay boshlaydi va aniq bir reja topganidan keyin ularni harakatga keltiradi. Hayotingizda muammo paydo bo‘lsa, uni yo‘qotish uchun birinchi qadamni qo‘ying. Siz orzu qilishni boshlang. Orzularingiz hayotga to‘g‘ri kelmasa, bu orzu emas, fantaziya va illyuziyalardir. Aql sizga nima kerakligini o‘zingizni qanday baholashingiz orqali aniqlab beradi.
“Sizning ichki “Men” obrazingiz nimalarga muhtoj bo‘lishi mumkin?”
“Ularni qanday qondirish yo‘li bor?”
kabi savollarga javob beradi.
MUAMMONI YECHISH UCHUN FIKRLASH QOIDASI
– Men istayman
Siz istagan muammoni yechish uchun miya abstrakt fikrlay boshlaydi:
Qadam №1.
Mening muammoyimni yechishning qanday imkoni bor?
Intellekt miyaning arxividan kitob, ensiklopediya, ko‘rgan-bilgan va eshitgan maʼlumotlarini esga tushiradi. Miya o‘z arxividagi maʼlumotlarning o‘ziga to‘g‘ri kelgan eng maqbulini tanlab, muammoni yechishning ikkinchi qadamiga o‘tadi.
Qadam №2.
Bunday muammolarni yechishni qanday o‘rganaman?
Shu joyda intellekt o‘zining to‘siqlari, cheklovlari va qo‘rquvlari bilan tortisha boshlaydi. Agar inson shu muammoni yechish uchun o‘ziga ichki kuch topa olsa, u, albatta, niyat-maqsadiga yetadi.
Qadam №3.
Ushbu muammoni yechish uchun qayerdan maslahat, ilm va ko‘rsatma olsam bo‘ladi?
“Boshqalar shunday muammoga uchraganlarida qanday yechishgan ekan?” degan savolga miya javob qidiradi. Muammoning yechish modelini kimgadir taqlid qilib yechadi. O‘zi ishongan odami, ota-onasi va baʼzan ko‘r-ko‘rona bilganlarini muammoni yechish modeli deb hisoblaydi.
Qoida №4.
Har doim muammoni yechish uchun o‘zingizni masʼul deb hisoblang:
– “Men har kuni dashnom eshitishimga sabab, o‘zim bunga ruxsat beryapman va o‘zimni shu tanqid taʼsirida to‘g‘rilab ola olmadim”
– “Men o‘qishga kira olmaganimga sabab, vaqtimdan unumli foydalana olmadim va bilimimni to‘g‘ri baholamadim.
Qoida №5.
Shikoyat qiluvchi fikrlardan voz keching
O‘zingizdan shikoyat qilish va o‘zingizni ayblash – sizni kuchsizlantiradigan eng katta ojizlikdir. Agar o‘zingizni yomon ko‘rib ketayotgan bo‘lsangiz va shikoyat, arz-dod fikrlardan voz kecha olmayotgan bo‘lsangiz, quyidagi savollarga javob bering:
• Ushbu fikrlarning menga qanday foydasi bor?
• Nima qilishim kerak?
• Shikoyatchi fikrlardan voz kechish uchun birinchi qadamim nimadan iborat?
FIKRLARNI TO‘XTATISHNING ILOJI BORMI?
Baʼzan shunchalik ko‘p o‘ylaganingizdan fikrlaringiz chalkashib ketadi. Miya g‘uvillaydi. Shu payt sizni tinch qo‘ymayotgan fikrlarni to‘xtatib qo‘yishni istaysiz go‘yo. Fikrlarni to‘xtatish miyaga dam berishdir.
Miyaga dam berish uchun fikrni hissiyotga almashtirish kerak. Masalan, sizni bezovta qilayotgan ko‘ngilsiz voqea haqidagi fikrlaringizdan charchab ketdingiz deylik. Bu payt miyada yong‘in bo‘ladi go‘yo. Miya dam olishi kerak. Mana shu payt fikrlashni to‘xtatishni taklif qilamiz. Buning uchun hayotingizdagi eng go‘zal kunni eslang. Bu eslashlarga qancha vaqt ajratishingizni aniq ayta olishingiz kerak. Masalan, Miyam dam olishi uchun besh daqiqa vaqt ajrataman deysiz va xotirangizdagi sizni hursand qiluvchi tuyg‘ular olamiga g‘arq bo‘lasiz.
NIMA HAQIDA O‘YLASAM EKAN?
Aql va tafakkur ishlab ketishi uchun fikrlashni o‘zingizga qaratishingiz kerak bo‘ladi. Sizda qanday iqtidor bor? Qanday jabhalarda omadli insonsiz? Eng xush ko‘rgan ishingiz nima? Sizning kuchli va kuchsiz tomonlaringiz nima? Nimalarni yaxshi ko‘rasiz va nimalarni yomon ko‘rasiz? O‘zi nima uchun yashayapsiz? Bugungi kuningizni nima uchun yashadingiz? Hoziroq sizni kayfiyatingizni ko‘taradigan biror yumush bilan mashg‘ul bo‘la olasizmi? Ushbu savollarga javobingizning qiymati sizning hayotingiz bilan o‘lchanadi.
Eng kuchli tafakkur o‘zingiz haqingizdagi fikrlashdir.
TO‘G‘RI FIKRLAYOTGANLIGINGIZNI QAYERDAN BILSANGIZ BO‘LADI?
Bir kuningizni eslang. Ertalab turdingiz va sizning miyangizga kelgan birinchi fikr nima edi? Shu payti kayfiyatingiz qanday edi? Ishxonaga ilojsizlikdan bormadingizmi? Ilojsizliklarga ko‘nishingiz yechimsizlikka ko‘nish bilan barobar. Boshqa yo‘l yo‘q deb fikrlamoqdamisiz? Demak, “Baribir yo‘l va chora hamda davo, albatta, shifo bor!” deb fikrlashni boshlash to‘g‘ri fikrlashdan dalolat beradi.
Har bir korxonaning xodimni ishga olish bo‘yicha o‘z tartibi bor. Bir o‘ylab ko‘ring-da, turmush qurmagan, bor vaqti, imkoniyati va kuchini sizning ishxonangizga sarflaydigan xodim yaxshimi yoki bolasi kasal bo‘laveradigan, hadeb javob olaveradigan, erta ketishni mo‘ljallab turadigan xodim afzalroqmi? Shu joyda oddiy odam adashib oila qurmagan ishchi-xodimni tanlaydi. Aslida, rivojlanishdan qo‘rqmaydigan, kelisha olish sifatlariga ega, sabrli, nizoli to‘qnashuvlardan ijobiy yechim topa oladigan aql egasi –turmush qurganlardir. Ular ham uyni, ham ishni, ham supur-sidirni eplay olaman, deb o‘z oldiga maqsad qo‘ya oladi. O‘zining moddiy manfaati shu korxona rivoji bilan bog‘liq ekanligini yaxshi anglashadi. Ahir, turmush qurmagan ishchi-xodimlar hali o‘z hayotini ham yo‘lga qo‘ya olishmagan-ku! Ular butun hayotini, o‘z oilasining kelajagini shu korxona obro‘yi bilan chamcharchas bog‘lab qo‘ygan. Oila qura olmagan xodimlar esa, butun vaqtini shu ishxonaga sarflashlari mumkin, ammo uning rivojlanishga hissa qo‘shishlari amrimaholdir.
Turmush qurmaganlar bolam-chaqam deb qayg‘urmaydi, korxona uchun qayg‘urishni hayoliga ham keltirmaydi. Turmush qura olmagan xodim uzoq muddat komandirovkalarga borishi mumkin, ammo o‘sha yerda ham rivojlanish uchun miyasini ishlatishi qiyin, deb aytishadi psixologlar. Turmush qurmagan ishchi-xodimlar judayam o‘ziga yaxshi qaragan, sochi turmaklagan bo‘lishi mumkin, ammo xaridorga, korxonaga murojaat qilganlarga yoqa olishi qiyinroq.
Geydelberg Universitetining nemis psixologlari tomonidan bu savolga aniq javob topish uchun ko‘p yillar davomida ilmiy izlanishlar olib borgan. 65% holda turmush qurgan ishchi-xodimlar eng kuchli rivojlanishga sabab bo‘lganliklari aniqlangan. 30 yoshdan kattaroq bo‘lsa ham turmush qurmaganlar ishida rivojlanish kamligi hayratga solgan. Miyaning qanchalik pozitiv ishlash, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik, yangiliklarga tik qaray olish, kelisha olish, tortishuvlarda birlashib bir fikrga kelish, maqsadni yagona qilib tanlash, vaqtdan unumli foydalanish oila qurganlarga xos ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari, oilalilar o‘zidan tashqari boshqa hamkasblarini ham o‘ylagan. Oilasining ravnaqi hamda ko‘proq moddiy imkoniyatga ega bo‘lishga intilish ularga kuch bag‘ishlagan. Bu xulosa oila qurmaganlarni o‘z korxonasiga ishga oluvchilarni ham, oilalilarni ishga olishdan qo‘rqmaganlarni ham o‘z fikridan qaytara olmagan. Shunda bu korxonada kim qanday ishlashi, aslida, shu boshliqning o‘z miyasining ishlash jarayonini takrorlashi aniqlangan. Yaʼni oilasidan ajragan rahbar o‘z korxonasida ham xuddi shu ssenariyni takrorlashi aniqlangan. Nemis psixologlariga minnatdorchilik bildirgan xolda, bu qonuniyatga o‘z fikringiz bilan emas, balki psixologik qonuniyat sifatida qarash maksadga muvofik bo‘ladi.
Ota-onalar bolalarini stressdan himoya qilish uchun har narsaga tayyor bo‘lishadi. Ammo buni uddalash har doim ham oson bo‘lmaydi. Nogahon paydo bo‘lgan tashvishlar sabab farzandlarimizga noto‘g‘ri munosabat ko‘rsatib qo‘yamiz.
O‘ZINGIZ HAQINGIZDA QAYG‘URING
Agar juda charchab, stressga qarshi turolmasangiz, bu holatingiz farzandlaringizga o‘tishi mumkin. Bunday vaziyatlarda samolyotda kabi harakat qilish kerak: avvaliga o‘ziga yordam berish, keyin bolaga. Kun tartibi, uyqu, ovqatlanish rejimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ying. Ana undan keyin farzandlaringiz bilan muloqotga kirishing.
FARZANDINGIZ BILAN GAPLASHING
Hayotingizdagi hodisalarni yashirmang, niqoblamang. Bolalar juda sezgir va ular oilada muammo yuz berganini juda yaxshi anglashadi.
Shuning uchun sizni xavotirga solayotgan vaziyat haqida osuda ohangda gapirib bering. Faqat unga tegishli va oddiy kundalik hayotga taʼsir qiluvchi tomonlarinigina tilga oling. Butun hislaringizni va qo‘rquvlaringizni ko‘rsatmang.
ISHONCH TUYG‘USINI SHAKLLANTIRING
Muammoli vaziyatlarda bolalaringizdan mehr va eʼtiboringizni ayamang. Bu ularning tinchlanishiga yordam beradi.
YORDAM SO‘RANG
Hammasini o‘z yelkangizga yuklamang. Buvi, bobo va boshqa yaqin qarindoshlardan yordam so‘rang. Kattalar bolani asrab-avaylash uchun stress, turli asabiy holatlardan chiqish yo‘llarini izlashlari kerak. Buni yolg‘iz uddalash murakkabroq. Shu boisdan atrofdagi insonlarning ko‘magi juda zarur.
REJALASHTIRING
Bolaga dardingizni aytdingizmi, endi rejalaringiz bilan ham o‘rtoqlashing. Masalan, ishdan bo‘shadingizmi, yangi ish qidirayotganingizni ayting. Atrofdagi barcha munosabatlar o‘ta yomon tus olgan taqdirda ham, ota-ona farzandining oldidagi masʼuliyatini esdan chiqarmasligi kerak. Murakkab vaziyatlarda qo‘lingizga qog‘oz-qalam oling. Qiynayotgan vaziyat haqida yozing, yechimini ham qog‘ozga tushiring. Bu yo‘l diqqatni jamlab, qiyinchilik davridan chiqib ketishga yordam beradi.
🙎🏻Shirin qizaloqning onasiman. Qiz bolaning ota-onasi bo‘lish qiyin ekan. Uni malikalardek o‘stirish kerakmi yoki qattiqqo‘llik bilan tarbiya qilish kerakmi? Xayotdan eng keraklisi – baxtni xis qilib yashash. Qizimni kelajakda baxtli ayol bo‘lib yashashi uchun tarbiyasida nimalarga eʼtibor qaratay?
👩🏻🎓XX asr onalariga qizi uchun nima tilashini so‘rasangiz, uning turmushga chiqib, yaxshi uy bekasi bo‘lishini yoki shifokor, o‘qituvchi, tikuvchi, tarbiyachi bo‘lishini istashardi. Xozirgi paytda esa har bir ota-ona qizini baxtli bo‘lishni o‘rganishini istashi tabiiy hol. Dinimizda ham ayol va erkak xuquqi bir xilda ekanligi, erkak va ayolning birday ilm olishi farz ekanligi keltirilgan.
👩❤️👩 Qizingiz tug‘ilishi bilan uning qanday xislatlarga ega bo‘lishini, guyoki o‘zingiz uchun ideal qiz namunasini yaratib olmang. Qizingizni o‘zi kabi bo‘lishiga, yaʼni qanday bo‘lsa shunday bo‘lishiga qo‘yib berishingiz uni baxtli hayoti sari xarakat boshlaganingizdan darak beradi.
👨❤️👨 Qizlar o‘g‘il bolalarga qaraganda emotsional, taʼsirchan bo‘lishadi. Bunda qaysar malikani emas, aqlli nozik xilqatni tarbiyalashga kuch sarflang. Buning uchun qizingizdagi xissiyot va sezgilarni ajratib olishga yordam bering va aslo tanqid qila ko‘rmang. Qizlardagi qaysarlikning sababi asosan nima istayotganligini, xissiyotini qanday ifoda etishni bilmayotganidadir. Xissiyotlarini nomini aytishga o‘rgating ("Sen xozir xafa bo‘layapsan", "Seni jahling chiqayapti" kabi). Turli kitob va film qaxramonlarini xissiyotlari xaqida gaplashing, “Nega bu unday qildi?”, “U nimani xis qildi?”, “Sen nima qilgan bo‘lar eding?” kabi. Bu boshqa odamlarni tushunishga va o‘zining xissiyotlarini xam tanib olishga yordam beradi. Qaxramonlari turli xarakterdagi qizlar bo‘lgan har-xil kitoblarni birga o‘qishga xarakat qiling.
👩❤️👩 Qizingizni yaxshi ko‘rishingizni va tushunishingizni unga tez-tez takrorlab turing. U siz uchun qanchalik qadrli ekanligini aytib turing. Xattoki, qizingiz uni erkalashingiz unga yoqmayotganligini aytsa xam, undan uzoqlashmang, bag‘ringizga bosing, erkalang. Uning fazilatlari xaqida goxida aytib turing.
👩❤️👩 O‘z shaxsiy muhiti bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bering. Qizingiz ko‘p vaqtini siz bilan o‘tkazmasligiga qarshilik qilmang. U bunday xulqi bilan yetilganligini, shaxs sifatida tan olinishini istayotgan bo‘lsa xech gap emas. Oldingiga nisbatan mustaqil bo‘lishni istayotgan qizingiz, xonasida yolg‘iz qolishni istasa, uning bu qarorini hurmat qiling.
👩❤️👩 Qizingizga kerak bo‘lganingizda doim yonida bo‘ling. Agar u xafa bo‘lsa, o‘ziga kelgach, agar istasa, unga yordam berishni istayotganingizni ayting. Agar u istamasa, shunchaki u bilan birga gap so‘ramasdan, TV ko‘rishingiz, muzqaymoq yeyishingiz mumkin. Bu bilan u bilan do‘st sifatida yaqinlashasiz.
👨❤️👨 Uning tashqi ko‘rinishini xech qachon tanqid qilmang, vaznida muammo bo‘lsa, ozsa yaxshi bo‘lishini aytmang. Shunchaki uni sog‘lom ovqat bilan tanishtiring. Buni yesang ozasan deb emas, sog‘lom bo‘lasan deya uqtiring. Agar qizingiz sizga biroz bo‘lsa-da, yoqmasligini sezib qolsa, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi keskin pasayishiga, komplekslar paydo bo‘lishiga aynan siz aybdor bo‘lasiz. Agar oyna oldida o‘tiradigan odat chiqarsa, uning husni borasida maqtab (aynan chiroyli ko‘zlari va b.q.), ichki go‘zalligiga xam eʼtibor qaratishni unutmang.
Unutmang, qiz tarbiyasida asosiy urg‘u uni baxtni xis etib o‘sishiga imkon yaratish.
Ko‘pchilik ota-onalar bolasidagi agressiv xulq, jahldorlik, yolg‘onchilik, baʼzi bolalarda esa indamasdan narsani olib quyish yoki aytmasdan ish qilish kabi odatlar paydo bo‘lganda farzandini olib kelishadi. Nima sababdan bu odat farzandida shakllangani va uni qanday qilib tarbiya qilish haqida so‘rashadi.
Farzandidan yomon odatlarini qilmasligini talab qilsa ham, o‘zgarmayotganini ko‘p taʼkidlashadi.
Gap shundaki, bola kattalar aytgan narsani emas, ular nimani qilayotgan bo‘lsa, shu narsani takrorlaydi. Taqlid asosida o‘rganadi.
Ota-onalar eʼtibor bermaydigan, eng kichik ahamiyatsiz ko‘ringan narsalar ham bolada nimadir shakllanishga olib kelishi mumkin.
Farzandingizda qanday sifatlar bo‘lishini xoxlasangiz, shu sifatlarni o‘zingizda shakllantiring.
Bolangizning ruhiy va fiziologik o‘sishi tug‘risidagi yoshiga xos bilimlar bilan tanishing.
Masalan, bolangiz 3-4 yosh, siz esa 5-6 yoshgacha bolaning o‘sishi va rivojlanishi haqidagi bilimlarni bilsangiz, tarbiyasida qiyinchilikka kamroq duch kelasiz.
Aziz ota-onalar, farzand – buyuk nemat, bizning kelajagimiz. Unga eʼtiborli bo‘lishimiz hammamiz uchun foydalidir.
Farzandingiz gapingizga kirmasa, tabiiyki, jahlingiz chiqadi. Lekin bolangizga aytgan ozgina qo‘pol gapingiz ham unda psixologik jarohat bo‘lib qolib ketishidan, natijada dilbandingiz kelajakda qiynalishidan xabaringiz bor, to‘g‘rimi?
XO‘Sh, NIMA QILISH KERAK❓
0 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolaning qaysarligi tabiiy xolat xisoblanadi. Chunki bu davr bolaning “MEN”i shakllanadigan davr. Siz uning eng yaqin insoni sifatida uni tushunishingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz lozim. Demak, bolangizga BUYRUQ berishni bas qiling! Aksincha, unga TANLOV bering☝️☝️☝️ Farzandingizga biror yumush buyurmoqchi bo‘lsangiz, unga kamida 2 xil tanlov bering. Masalan, uning sut ichishini xohlasangiz “Sutingni ichib ol” emas, “Sutni shokolad bilan ichasanmi yoki o‘zinimi?” yoki “Darslaringni qil” emas, “Dars qilishni matematikadan boshlaysanmi yoki ona tilidan?” tarzida. Shunda siz bolangizning miyasiga shu ishni qilishi kerakligi haqidagi axborotni signal qilib yuborasiz, u esa buni “MEN”iga tegmaganingiz uchun bajonidil qiladi. Sinab ko‘ring, ajoyib texnika.
"Qaynona"so‘zini eslaganimizda ko‘pincha salbiy streotiplar hayolimizga keladi. Masalan, "nazoratchi, qattiqqo‘l, qaynona ona bo‘lmaydi" kabi turli xil fikrlar xalq orasida mavjud. Oilada qaynona-kelin munosabatlarining ziddiyatli bo‘lishiga oid sabablardan biri qizlarga yoshligidan qaynonani noto‘g‘ri tanishtirish hisoblanadi.
Hozirgi kunda oilalarning buzilishida baʼzan uchinchi shaxs aralashuvi ham sabab bo‘lmoqda. Oila muqaddas qo‘rg‘on, oiladagi nizolar ham birdan paydo bo‘lmaydi. Qaynona-kelin munosabatlari yaxshi bo‘lishi oilani mustahkamlovchi vositalardan biri hisoblanadi.
Qaynona-kelin munosabatlarida kelishmovchilik yuzaga kelganda nima qilish kerak?
Qaynonaga tavsiyalar.
1. Farzand ona uchun har doim yosh boladek bo‘ladi. Shu sabab onalar doim g‘amxo‘rlik qilishadi, ammo u endi oila boshlig‘i ekanini tushunib yetishi va farzand ahvolidan mamnun bo‘lsa, bu holatdan xursand bo‘lishi kerak.
2. Mukammal inson bo‘lmaganidek, mukammal kelin ham bo‘lmaydi.
3. Kelin oilasi uchun harakat qilayotgan ekan mehr berishni va bag‘rikenglik qilishni unutmang.
4. Unga uy yumushlarida va farzand tarbiyasida maslahatchi va ustoz bo‘ling, xatolariga kechirimli bo‘ling.
Kelinga maslahatlar:
1. Kelin yangi xonadonga kelganda eng katta stresslardan birini boshdan kechiradi. Ota-ona sog‘inchi, odatlarni yangilash, umuman boshqa muhitga o‘rganish oson ish emas. Hech qachon qaynona-qaynotani taqqoslamang. Dunyoda bir xil fikrlaydigan insonlar bo‘lmaydi. Qaynonangizni taqqoslamasdan xarakter xususiyatlarini to‘g‘ri qabul qiling.
2. Turmush o‘rtog‘ingizga onasi haqida aslo yomon fikr aytmang.
3. Qaynonangizni ustoz sifatida qabul qiling.
4. Kamchiliklaringizni aytsa, tanqid sifatida qabul qilmang. O‘zingizni ham, qaynonangizni ham ayblamang. Shunchaki vaziyatga to‘g‘ri baho bering.
5. Agar vaziyat nizoli holatga aylanayotgan bo‘lsa, o‘z chegaralaringizni o‘rnating. Vaziyatga qiziqqonlik bilan baho bermang.