Ramazon arafasida yuksak eʼtirof: O‘zbekiston ulamolarining Prezidentga maktubi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi aʼzolari va taniqli ulamolar tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga muborak Ramazon oyi munosabati bilan samimiy tabrik va minnatdorlik maktubi yo‘llandi.
Maktubda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, diniy-maʼrifiy sohadagi yangilanishlar, milliy qadriyatlarimizni tiklash va aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi tashabbuslar yuksak baholangan.
❗️Jumladan, Ramazon oyi arafasida:
💵 "Vaqf" xayriya jamoat fondiga — 750 mlrd so‘m
💵 Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali — 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi alohida eʼtirof etilgan.
✅ Ulamolar taʼkidlashicha, mazkur qarorlar minglab ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish, nogironligi va kasalligi bor fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda mehr-muruvvat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tajriba va kuzatishlarimizdan maʼlumki, dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida Ramazon oyini munosib o‘tkazish bo‘yicha Davlat Rahbari darajasida alohida qaror qabul qilinadi, deyilgan maktubda.
Shuningdek, yurtimizda 2000 dan ziyod masjidlarda Xatmi Qurʼonlarning tizimli tashkil etilishi, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi kabi yirik maʼrifiy loyihalarning amalga oshirilishi islom maʼrifatiga qo‘shilayotgan munosib hissa sifatida qayd etilgan.
Maktub so‘ngida Prezidentimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun duolar qilingan.
➡️Batafsil (https://muslim.uz/oz/e/post/46108-o-zbekiston-ulamolarining-o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-miromonovich-mirziyoyevga-maktubi)

Рус
Eng



