Xorazm viloyatida mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda

11:49 - 30 Avgust Yangiliklar
99
ness image

O‘zbekistonda bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini taminlashga oid davlat siyosati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zarararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanish tamoyilllari, jismoniy faollik asoslari, shaxsiy gigiyenaning ahamiyati, zararli odatlarga qarshi kurashish, oilaviy ajrashishlar yuzaga kelishining pedagogik-psixologik sabablari, ajrashish tashabbuskori hamda ularning oldini olishga qaratilgan metodlar, ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan individual ishlash mexanizmi, oilaviy ajrimlarni asrab qolishning ilmiy, pedagogik va psixologik usullari va ajrim yoqasidagi oilalarning farzandlari bilan ishlash tartibi, oilalardagi nizo sabablarini diagnostika qilish, er-xotin ongida ajrashishga nisbatan munosabatini o‘zgartirish, ularni hal qilishda hamkor tashkilotlar bilan ishlash mexanizmlari kabi mavzularda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduramanov Xamid Xudoybergenovich maruza qildi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilar mavzu yuzasidan keyslar bilan ishlab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar.

👉 Fotolavha

Chop etish