DIQQAT, MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL BOSHLANDI!!!

05:05 - 15 Aprel Yangiliklar
331

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA TALABGORLAR O‘Z HUJJATLARINI ILOVA QILGAN HOLDA, ARIZA BILAN INSTITUTGA MUROJAAT QILISHLARI MUMKIN.

ness image

 “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti 2024-yil uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD), (DSc)ga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e‘lon qiladi:

1. 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.

2. 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika.

3. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.

4. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya.

5. 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.

 

Talabgorlardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

1. Ariza.

2. Qisqacha biografik ma‘lumotnoma (obyektivka – namuna 3.5 shakli bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida).

3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).

4. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun magistrlik yoki oliy ma‘lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi.

4.1. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun oliy ma‘lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi.

5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (PhD –  kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis; DSc – kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).

6. Ish joyidan tavsifnoma.

7. Pasport nusxasi.

8. Milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilmasligi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 01-03/4248-son xati asosida).

Barcha hujjatlar “pdf” shaklida tayyorlanib, Oliy ta‘limdan keyingi ta‘limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim – http://phd.mininnovation.uz rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Hujjatlar 2024-yilning 15-aprelidan 15-mayigacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi.

Manzil: 100047, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy;

e-mail: mvaoiti@exat.uz, mvaoiti@gmail.com; veb-sayt: www.moiti.uz.

Murojaat uchun: +998 (94) 670-75-50

Chop etish