Iyd ul-Fitr – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

07:00 - 11 Aprel Yangiliklar
125
ness image

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! 

Yaratganning ushbu barokatli va nurafshon kunida Sizlarni kirib kelgan muqaddas Iyd ul-Fitr – Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Aziz vatandoshlar, sizlarga va oilangizga baxt, sog‘lik-omonlik, ikki dunyo saodatini tilaymiz, muqaddas Vatanimizda tinchlik doim hukmron, osmonimiz esa doimo shunday musaffo bo‘lsin!

Mehnatkash va oqko‘ngil xalqimizning ushbu mo‘tabar kunda qilgan ezgu niyat va duolarining barchasi ijobat bo‘lsin! Jonajon yurtimizni, aziz xalqimizni Alloh o‘z panohida asrasin!

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!


"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti

Chop etish