Ilmiy-amaliy konferensiya

12:39 - 4 Avgust Yangiliklar
252

“O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat, vazifalar va istiqbol” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya axborot xati

2022-yil 15-sentyabr

ness image

 “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti Sizni

“O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat, vazifalar va istiqbol” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etadi.

 

Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti.

  Konferensiyaning maqsadi  gender tengligini taʼminlash borasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, bu borada faoliyat olib borayotgan amaliyotchi mutaxassis hamda ekspertlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish,  xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishish, aholi o‘rtasida gender qadriyatlarni targ‘ib qilish, mazkur masalalar bo‘yicha tajriba almashish, ularning natijalari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

 Konferensiyani o‘tkazish shakli: onlayn va offlayn.

  Konferensiyaning yo‘nalishlari:

 1 shuʼba.   Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda mavjud muammolar.

2 shuʼba.   Gender stereotiplar, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish masalalari.

    3 shuʼba. Gender tamoyillarini joriy etish istiqbollari.

  Yalpi majlis uchun dolzarb muammolarni aniqlash va gender tengligi g‘oyalarini yana-da kengroq targ‘ib qilish, jamiyatda gender stereotiplarni kamaytirish, jamiyatda xotin-qizlarga teng huquq va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar, taqdimotlar (maʼruzalar) hamda tezislar qabul qilinadi. Konferensiya natijalariga asosan konferensiya materiallari to‘plami nashr etiladi.

Konferensiyada qatnashish uchun gender sohasida faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, universitet talabalari va amaliyotchi mutaxassislar taklif etiladi.

Rasmiy tillar: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

 

MAQOLALARNI YUBORISH UCHUN TALABLAR

 Maqolalar adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan, A4 formatida yozilgan 3–5 sahifadan iborat bo‘lishi kerak.

Qatorlar oralig‘i – 1,5; shrift – Times New Roman; shrift hajmi – 14 pt; sahifa parametrlari – har tomondan 20 mm; oriyentatsiya – kitob; xatboshi chizig‘i – 1 sm; matnni kengligi bo‘yicha tekislash; sahifa raqamlari kiritilmasin.

 Adabiyotlar ro‘yxati. Agar matnda adabiyotga havola qilingan bo‘lsa, asosiy matndan keyin markazda “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” sarlavhasi yozilib, ikki nuqta qo‘yilishi va manbalarning raqamlangan ro‘yxati joylashtirilishi kerak.

Sarlavha qalin Times New Roman shrifti bilan markazlashtirilgan; shrift hajmi – katta harflar bilan 14 pt. Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning to‘liq ismi, sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko‘rsatiladi, bir interval tashlab annotatsiya va tayanch so‘zlar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida), so‘ng 1 interval tashlab asosiy matn yoziladi.

Agar matnda jadvallar va rasmlar bo‘lsa, unda ular raqamlangan bo‘lishi kerak (“1-jadval” – qalin harflar bilan yoziladi).

Tezislarning mazmuni konferensiyada muhokama qilinadigan masalalarni aks ettirishi va tezis oxirida amaliy tavsiyalar berilishi kerak.

Tezis bilan birgalikda ishtirokchi anketasi ham jo‘natilishi lozim.

Maqola va tezislarning mazmun-mohiyati, maʼlumotlarning aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgar hisoblanadi.

Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

 MAQOLALARNI QABUL QILISH MUDDATI:

2022-yil 10-sentyabrgacha

E-mail: sardoralimov2507@mail.ru

Telegram orqali: +99890-523-93-33

  Bizning manzil: O‘zbekiston Respublikasi Toshkent, 100047, Istiqlol ko‘chasi, 15-uy

  Aloqa uchun telefonlar: +99890-523-93-33

 

Ishtirokchi anketasi

Muallif(lar) familiyasi, ismi, sharifi

Yo‘nalish/shuʼba nomi

 Tezisning nomi

 Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

Ish joyi

 Lavozimi

 Aloqa uchun telefon raqami (hudud kodi bilan)

elektron pochta

 

 

Chop etish