"Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish" bo‘limi

06:03 - 6 Iyun 1408

Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda “bo‘lim”) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga asosan tashkil etilgan.

Bo‘limning asosiy maqsadi Institut zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Respublika ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va radioda targ‘ib qilish, institut faoliyatini keng yoritish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini eʼlon qilish va nashr etish, jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.


Bo‘limning asosiy ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat:

- Institut faoliyatida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;

- Institut faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlarni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yaratish, turli shakllardagi targ‘ibot materiallarini chop etish;

- aholining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etishdagi daxldorlik hissini hamda fuqarolik masʼuliyatini oshirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot ishlarini tashkil etish;

- fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, oilalar bilan manzilli ishlarni olib borishda zamonaviy axborot texnologiyalarini faol qo‘llash bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlash va ijrosini taʼminlash;

-           sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlash va ijrosini taʼminlash;

-           Institutda tayyorlanayotgan huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni (Nizom, Yo‘riqnoma, rejalar va sh.o‘.) tahrirlash va chop (nashr) etishga tavsiyalar berish;

-           Institutda chop etilishi rejalashtirilayotgan axborot materiallarini tahrirlash va chop (nashr) etishga tayyorlash;

-           Institutning Web-saytiga qo‘yilayotgan axborot materiallarini tayyorlash, tahrirlash, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatish;

-           Institutda chop (nashr) etilgan axborot materiallarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda elektron darslik, qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar, videomaʼruzalar shaklida yaratish;

- dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va ilmiy-amaliy konferensiyalarni axborot texnologiyalari yordamida onlayn tarzda o‘tkazishni texnik jihatdan taʼminlash kabi bir qator vazifalarni bajaradi.


Bo‘limning funksiyalari quyidagilardan iborat:

- Institut faoliyatida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boradi;

- Institut faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlarni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yaratadi, turli shakllardagi targ‘ibot materiallarini chop etadi;

- aholining "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etishdagi daxldorlik hissini hamda fuqarolik masʼuliyatini oshirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet, jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot ishlarini tashkil etadi;

- keng jamoatchilikning oilalar mustahkamligi, aholi salomatligi, xonadon va ko‘chalarning obodligi, yoshlar tarbiyasi, bandlik, maʼnaviyat va maʼrifat ishlaridagi ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan turli targ‘ibot loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 

Chop etish