“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti haqida

05:20 - 22 Oktabr 17029

Umumiy maʼlumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF–208-son Farmoni hamda “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PK–401-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–208-son Farmoni bilan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) tashkil etilgani va Institut O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda – Qo‘mita) tuzilmasiga o‘tkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.


Institut oldiga qo‘yilgan vazifalar

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Qo‘mita tizimi xodimlari, shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini uslubiy qo‘llab-quvvatlash;

Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid muammolarni chuqur tahlil qilish, natijalari bo‘yicha muammolar yechimi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari uchun tavsiyalar ishlab chiqish va kiritish;

Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan targ‘ibot ishlari uchun uslubiy qo‘llanmalar va targ‘ibot materiallarini tayyorlash;

Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, sotsiologik so‘rov, ilmiy konferensiyalar o‘tkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

Olimlar va ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlash, oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalarida ilmiy tadqiqot o‘tkazayotgan izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ishlanmalari amaliyotga joriy etilishiga ko‘maklashish;

Oila, xotin qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha ilg‘or halqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish, xalqaro tashkilotlar, jamg‘armalar, mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari, o‘quv muassasalari bilan shartnomalar asosida tadqiqotlar olib borish hamda o‘rganishlar asosida takliflar ishlab chiqish;

Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid xalqaro indeks va reytinglarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralarga kiritib borish.


Institutning tadqiqot yo‘nalishlari

Institut o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi xodimlari, shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini uslubiy qo‘llab-quvvatlash sohasida.

b) Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid muammolarni chuqur tahlil qilish, natijalari bo‘yicha muammolar yechimi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari uchun tavsiyalar ishlab chiqish va kiritish sohasida.

v) Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan targ‘ibot ishlari uchun uslubiy qo‘llanmalar va targ‘ibot materiallarini tayyorlash sohasida.

g) Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, sotsiologik so‘rov, ilmiy konferensiyalar o‘tkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish sohasida.

d) Olimlar va ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlash, oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalarida ilmiy tadqiqot o‘tkazayotgan izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ishlanmalari amaliyotga joriy etilishiga ko‘maklashish sohasida.

e) Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha ilg‘or halqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish, xalqaro tashkilotlar, jamg‘armalar, mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari, o‘quv muassasalari bilan shartnomalar asosida tadqiqotlar olib borish hamda o‘rganishlar asosida takliflar ishlab chiqish sohasida.

j) Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid xalqaro indeks va reytinglarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralarga kiritib borish sohasida.