“Oilani demografik rivojlantirish” bo‘limi
Oilani demografik rivojlantirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Demografik rivojlanish va oila farovonligining o‘sish darajasini o‘rganish, tahlil qilish hamda konseptual yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tahliliy materiallar tayyorlash bo‘limning asosiy maqsadini tashkil qiladi.
Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- oilalarning demografik rivojlanish darajasini o‘rganish, tahlil qilish va konseptual yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy takliflar hamda tahliliy materiallar tayyorlash;
- erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini ilmiy tahlil qilish hamda ularning oldini olish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish;
- oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va reproduktiv salomatlikni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
- oila va nikoh, reproduktiv salomatlik bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hamda keng jamoatchilikka metodik tavsiyalar tayyorlash;
- oilalarda tug‘ilish va reproduktiv maylning hududiy xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilish hamda reproduktiv maylni boshqarishni faollashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- chaqaloqlar va onalar o‘limini, shuningdek mehnatga layoqatli yoshdagi o‘limni kamaytirish, aholi sog‘lig‘ining muhofaza qilinishini yaxshilash va umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
- stixiyali va nooqilona migratsiya ko‘lamlarini qisqartirishga yordam beruvchi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan takliflar tayyorlashdan iborat.
Bo‘lim institutning meʼyoriy hujjatlari asosida o‘z faoliyatini yuritadi.
Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- bo‘lim tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bo‘lim ish rejasining amalga oshirilishini taʼminlash;
- Institut rahbariyati ko‘rsatmalari, Institutning Ilmiy kengashi qarorlari va meʼyoriy hujjatlarni talluqliligi bo‘yicha bajarilishini taʼminlash;
- oilalarning demografik rivojlanish darajasini o‘rganish, tahlil qilish va konseptual yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy takliflar tayyorlash;
- erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini ilmiy tahlil qilish hamda ularning oldini olish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish;
- oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va reproduktiv salomatlikni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
- oila va nikoh, reproduktiv salomatlik bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hamda keng jamoatchilikka metodik tavsiyalar tayyorlash;
- oilalarda tug‘ilish va reproduktiv maylning hududiy xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilish hamda reproduktiv maylni boshqarishni faollashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- chaqaloqlar va onalar o‘limini, shuningdek mehnatga layoqatli yoshdagi o‘limni kamaytirish, aholi sog‘lig‘ining muhofaza qilinishini yaxshilash va umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
- stixiyali va nooqilona migratsiya ko‘lamlarini qisqartirishga yordam beruvchi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan takliflar tayyorlash.
- faoliyatga oid tahliliy maʼlumotlar, hisobotlar tayyorlashdan iborat.
Interaktiv xizmatlar (huquqiy maslahat, psixologik maslahat, o‘smirlarga maslahat, qizlarga maslahat, kutubxona, so‘rovnoma): Murojaat tushgan vaqtda o‘smirlarga, qizlarga maslahat berib boriladi, so‘rovnomalar o‘tkaziladi.
Ilmiy tadqiqotlar (olib borilayotgan tadqiqotlar, tugatilgan tadqiqotlar): bo‘limda 1 ta fan doktori (DSs) va 1 ta (PhD) falsafa doktori ilmiy tadqiqot mavzulari hamda ilmiy loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.
Hujatlar (sohaga oid hujjatlar yoki ularga havolalar): Bo‘lim faoliyatga tegishli huquqiy meʼyoriy hujjatlar elektron nusxada tayyorlangan va yig‘ma jild papkalarda saqlanmoqda.