"Oila huquqi va gender tengligi" bo‘limi

06:00 - 6 Iyun 2267

Oila huquqi va gender tengligi bo‘limi (keyingi o‘rinlarda “bo‘lim”) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga asosan tashkil etilgan.

Bo‘lim mazkur institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida oila huquqi va gender tenglik sohasi yo‘nalishida fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib boradi.

Bo‘limning asosiy maqsadi davlat siyosatining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashga oid ustuvor strategik-ijtimoiy maqsadlarini mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasi asosida oila huquqi va gender tenglik mavzusiga tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish sohasida hamda ilmiy-nazariy, uslubiy va axborot-tahliliy tadqiqot jarayonlari tashkil qilishdan iboratdir.

Bo‘limning asosiy ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat:

Ø oila huquqi va gender tenglik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, oila huquqlarini himoya qilish tizimida idoralararo o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini optimallashtirish;

Ø oila huquqi va uning manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish tizimi mutaxassislari amaliyotida maqsadli xizmatlar ko‘rsatish va oilada gender tenglikni qo‘llab-quvvatlashga innovatsion yondashuvlarni joriy etish;

Ø aholining gender tenglik va oila hamda ayollar huquqlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

Ø mahallalardagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga maqsadli huquqiy, axborot-maʼrifiy yordam ko‘rsatishda, ijtimoiy-xuquqiy ish olib borishda ilmiy asoslangan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish;

Ø jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni ajrashish va mol-mulk oldi-sotdi jarayonlarida, ularning huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;

Ø xotin-qizlarning va erkaklarni muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga va erkaklarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga va erkaklarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;

Ø migrantlar oila aʼzolarini muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishda metodik-huquqiy yordam ko‘rsatish, tegishli muassasalarga tavsiyalar berish;

Ø oila nizolarini hal qilish bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan tavsiyalar majmuini ishlab chiqish;

Ø yosh olimlar o‘rtasida oila huquqi va gender tengligini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy muhitni shakllantirish;

Ø oila huquqi va gender tengligi masalalari buyicha halqaro ilmiy tashkilotlarning tajribasini o‘rganish va mahalliy tajribalarni xalqaro darajada targ‘ib qilish;

Ø oila huquqini himoya qilish va gender tenglik masalalarini targ‘ib etish tizimining axborot modelini (elektron kutubxona) yaratish;


Bo‘limning funksiyalari quyidagilardan iborat:


1.     Oilada xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, oilalarda gender tenglikning ilmiy-nazariy mexanizmlarini yaratish, oila va mahallalarda gender tenglikni taʼminlash bo‘yicha aholini huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ilmiy-metodik baza yaratish;

2.     “Sharqona gender tenglik” mazmunini (konsepsiya, dastur, metodika) ilmiy-nazariy ishlab chiqish;

3.     Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borish;

4.     Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

5.     Xotin-qizlarga nisbatan taʼziyq va zo‘ravonlik, himoya orderi, oila va turmush doirasidagi jinoyatchilik muammolariga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish;

6.     Oilalarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy madaniyati, huquqiy ongini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish va metodik tavsiyalarni ishlab chiqish;

7.     Oila huquqi va gender tenglik sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, shuningdek, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish;

8.     Ommaviy axborot vositalarida, jumladan televideniye, radio va Internet jahon axborot tarmog‘ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, ilmiy qarashlar va yondashuvlarni, oila hquqi va gender tenglik mazusida omma bilan ishlashning yangi innovatsion usul, vosita va yo‘llarini ommalashtirish, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishda ishtirok etish, bo‘lim faoliyatining institut veb-sayti va Internet jahon axborot tarmog‘idagi, shuningdek OAV da yoritilishini taʼminlash.

Chop etish