"Ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini oshirish" bo‘limi

06:35 - 6 Iyun 1479

Ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini oshirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yana-da qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda "Mahalla ziyosi" respublika o‘quv-uslubiy markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining tashkiliy ishlar bo‘limi tarkibida tashkil etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- institutda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, shuningdek ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish;

- oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim, yaʼni tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik orqali oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tartibi, izlanuvchilar, ilmiy rahbarlar (maslahatchilar) va oliy o‘quv yurtining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi hamda institutda ilmiy xodimlar ilmiy-tadqiqot va innovatsion-ijodiy faoliyatga jalb qilish va yo‘naltirish, bo‘limlarda bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

- ilmiy xodimlarni ilmiy-tadqiqot va innovatsion-ijodiy faoliyatga jalb qilish;

- institutning ilmiy xodimlarining kasbiy darajasini oshirish borasida xalqaro ilmiy hamkorlik asosida ilmiy stajirovkalar, xorijiy ilmiy safarlarni tashkil etilishi monitoringini olib borish;

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

- mahallalarda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, hududlarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolar yig‘inlarining roli va mavqeini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy seminarlar, davra suhbatlarini tashkillashtirish;

- oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim, yaʼni doktorantura, tayanch doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik orqali oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

- "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etish, mahallalarda aholining kundallik muammolari bilan ishlash tizimini kuchaytirish borasidagi ustuvor vazifalar kabi mavzular bo‘yicha ilmiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, yig‘ilishlar, tashkil etish;

- o‘tkazilgan tadbirlar natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

- institutda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish tizimini joriy etish.

Chop etish