“Strategik tahlil va prognozlashtirish” bo‘limi
Strategik tahlil va prognozlashtirish” bo‘limi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘z faoliyatini amalga oshirishda bevosita institut direktoriga bo‘ysunadi.
Bo‘limning asosiy maqsadi Institut zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda mahalla faoliyati va oila institutining barqarorligi va ahamiyatini taʼminlash bo‘yicha strategik tahlil va prognozlarni amalga oshirish hamda tahliliy hujjatlar tayyorlashdan iborat.
Bo‘lim maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan:
- Institut bo‘limlarining yo‘nalishidan kelib chiqqan holda mahalla va oila institutlarining dolzarb muammolariga doir tadqiqotlar o‘tkazish hamda kelgusida strategik vazifalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va takomillashtirishga doir tahliliy materiallar tayyorlash;
- mahalla va oiladagi muammolarni yechimi bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
- mahalla va oila institutlarini kompleks tahlil qilgan holda ularni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan strategik konsepsiya ishlab chiqish;
- Institutda amalga oshirish kerak bo‘lgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarning yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berish;
- oila institutida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qilish va kutilayotgan prognozlarni ishlab chiqish, oilada demografik rivojlanish, oila farovonligining o‘sish darajasini tadqiq etish, konseptual yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tahliliy materiallar tayyorlashdan iborat.