"Xalqaro aloqalar" bo‘limi

06:56 - 6 Iyun 1722

"Xalqaro aloqalar" bo‘limi

Xalqaro aloqalar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qaroriga muvofik tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga asosan tashkil etilgan.

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Hayʼatining qarorlariga, "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Ilmiy kengashining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • mahalla va oila institutini mustahkamlash yo‘nalishida respublikadagi taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
  • mahalla va oila institutini mustahkamlash hamda sohada yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish yo‘nalishida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot ishlarini amalga oshirishda xorijiy tajribani o‘rganish va undan foydalanishni tashkil etish;
  • mamlakatda mahalla va oilani mustahkamlash sohasida erishilayotgan yutuqlar, to‘plangan tajriba hamda Institut faoliyati, jumladan olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan xalqaro hamjamiyatning xabardorligini oshirish.

Bo‘limning funksiyalari:

  • oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshiradi;
  • mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida, shu jumladan, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, oliy taʼlim muassasalari hamda vazirliklar va idoralar tizimidagi boshqa ilmiy muassasalar bilan birgalikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot ishlarini tashkillashtiradi;
  • institutning asosiy vazifa va funksiyalari bilan bog‘liq yo‘nalishlarda ilmiy konferensiyalar, seminarlar, tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni o‘qitish bo‘yicha xalqaro, xorijiy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvlar, bitimlar va memorandumlar imzolaydi;
  • oila qadriyatini asrash, mahalla va oilani mustahkamlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoki yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan mahalliy va xorijiy tashkilot, muassasa, idoralarning faoliyatini o‘rganadi va ular to‘g‘risida maʼlumot bazasini yaratadi;
  • ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan birgalikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi;
  • institut negizida, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda stajirovka o‘tashni va mahorat darslarini tashkil etadi;
  • mahalla va oila institutining dolzarb masalalari bo‘yicha "yozgi va qishki maktab"lar, ilmiy maʼruzalar va "munozaralar maydoncha"larini tashkil etishda xorijiy ekspertlarni jalb etadi va respublikadagi ilmiy jamoatchilik vakillarini, xususan yoshlarni xorijiy mamlakatlarga yuborishni tashkillashtiradi.
Chop etish