"Mahalla institutini mustahkamlash" bo‘limi
Mahalla institutini mustahkamlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bo‘limning asosiy maqsadi Institut zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Respublikada Mahalla institutini mustahkamlashning ilmiy-nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Mahalla institutini mustahkamlash bo‘limining ustuvor ilmiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
- Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyalar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlar loyihalariga ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash;
- Oila va nikoh, reproduktiv salomatlik, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzi, maʼnaviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy, huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyatni oshirish, oilaviy munosabatlar psixologiyasi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hamda keng jamoatchilikka ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
- Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida ilmiy-nazariy aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga, oilalarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishning ilmiy asoslarini yaratish va shu asosda tegishli vazirlik va idoralarga ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
- Mahallalarda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasini ilmiy o‘rganish, ulardan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish;
- Yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni taʼminlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatishning xorijiy ilmiy tajriba va amaliyotni o‘rganish asosida uning milliy modelini yaratish, milliy modelni joriy etish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish.
- Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish.
- Mahalla institutini mustahkamlash bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish;
- Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyalar loyihalarni ishlab chiqadi, shuningdek , kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlar loyihalariga ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash;
- Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid qonun hujjatlarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish;
- Mahalla institutini aholining chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, uning roli va ahamiyatini oshirish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazadi va uslubiy tavsiyalar tayyorlash;
- Oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish yuzasidan taklif va tavsiyalar tayyorlash;
- Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish;