“Obod va xavfsiz mahalla” bo‘limi
“Obod va xavfsiz mahalla” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan. Bo‘lim mazkur institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida oila qadriyatlarini mustahkamlash va oila psixologiyasi sohasi yo‘nalishida fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib boradi.
Bo‘limning asosiy maqsadi davlat siyosatining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashga oid ustuvor strategik-ijtimoiy maqsadlarini, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilini joriy etishning 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borish;
"Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilining asosiy mezonlari hamda ularga asoslangan tizimni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to‘laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish, bu borada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir tahliliy materiallar tayyorlash;
Aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha "mahalla-sektor-Xalq qabulxonasi-mahalla" tamoyili asosida hamkorlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha mahallalarda (MFY) tadqiqot ishlari olib borish va shu asosda tahliliy materiallar, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish va vazirlikka amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya etish;
Notinch va noqobil oilalar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar, profilaktik hisobda hamda MFY da ichki ro‘yxatda turuvchi fuqarolar bilan ishlash tizimini ilmiy o‘rganish, tahliliy materiallar tayyorlash, tavsiyalar ishlab chiqish;
Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar havfizligini taʼminlash borasida turli yot g‘oyalarga mansub barcha ichki va tashqi salbiy taʼsirlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jinoyatdan holi muhitni shakllantirish, maʼmuriy nazoratdagi shaxslar bilan ishlash muammolarini o‘rganish va tegishli vazirliklar, davlat va nodavlat tashkilotlari uchun ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish;
"Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish g‘oyasini hayotga joriy etish, xususan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi sohasidagi ilmiy-nazariy, uslubiy va axborot-tahliliy tadqiqot jarayonlarini tashkil qilishdan iboratdir.
Bo‘limning asosiy ustuvor vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish sohasida ilmiy-uslubiy tavsiya beradi;
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirishda tavsiyalar beradi;
fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uslubiy ko‘maklashadi;
hududiy boshqarmalarning “Obod va xavfsiz mahalla” faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishda tuman (shahar) bo‘limlarining xodimlari hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatiga uslubiy ko‘maklashadi;
jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli joriy etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda va ularning samarali amalga oshirishda ilmiy-uslubiy ko‘maklashadi;
“Xavfsiz mahalla” tushunchasining asosiy mezonlari, yo‘nalishlarini ishlab chiqishda ilmiy va uslubiy ko‘maklashadi;
mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan axborot-tahliliy materiallar, sharhlar va tavsiyalar tayyorlaydi, hududiy boshqarma va bo‘limlar ishini samarali tashkil etish uchun ilmiy metodik va boshqa materiallar ishlab chiqadi;
huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, shu jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlarning istiqbolli va joriy rejalashtiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini tahliliy aniqlaydi hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda ilmiy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan va yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolgan shaxslar bilan amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar monitoringini tahliliy baholaydi, natijalari yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqishda ilmiy-uslubiy tavsiyalar beradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolarning, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy targ‘ibot ishlarini o‘tkazish masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi doirasida ilmiy-uslubiy tavsiyalar va maqolalar tayyorlaydi;
aholining mavjud muammolarini o‘rganish va ularni hal etishning maqbul yo‘llarini aniqlashga qaratilgan uchrashuvlarda ishtirok etadi va muammolarni samarali bartaraf etish borasida tavsiyalar beradi ;
fuqarolar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida qonun hujjatlari talablariga rioya etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalarida olib boriladigan tushuntirish ishlarida ishtirok etadi.
fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan birgalikda yoshlar, shu jumladan ularning uyushmagan qismi bilan ishlash, bandligini taʼminlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish sohasida ilmiy uslubiy ko‘maklashadi;
“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari va boshqa jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan jamoat tuzilmalari faoliyatini ilmiy uslubiy tashkil etishda ko‘maklashadi;
Bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Bo‘lim o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatish, ularning doimiy va muntazam tarzda bo‘lishini taʼminlash va aloqalarni rivojlantirish;
Ommaviy axborot vositalarida, jumladan televideniye, radio va Internet jahon axborot tarmog‘ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, ilmiy qarashlar va yondashuvlarni, omma bilan ishlashning yangi innovatsion usul, vosita va yo‘llarini ommalashtirish, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishda ishtirok etish, bo‘lim faoliyatining institut veb-sayti va Internet jahon axborot tarmog‘idagi, shuningdek OAV da yoritilishini taʼminlash.