Илмий кутубхона

single image
M.QURONOV, X.ABDURAMANOV, N.DALIMOVA

Ota-onalikka tayyorgarlik

Farzand tarbiyasi – o‘ta murakkab va mas’uliyatli, aniq natijalar beruvchi jarayon. Bu esa har bir ota-onadan o‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma’lumotlardan boxabar bo‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi o‘z ichiga pedagogik, ma’naviy-axloqiy, tibbiyot, etika, psixologiya, iqtisodiyot kabi sohalarga oid bilimlarni qamrab oladigan murakkab jarayondir. Hozirgi globallashuv davrida yosh ota-onaning bu bilimlarni bilishi bolaning kelajagi qanday bo‘lishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. 

Biz sizlar bilan juda muhim va dolzarb muammoni muhokama qilamiz. Yigitlarimizni otalikka, qizlarimizni onalikka tayyorlashini bilamizmi? Aslida yigit-qizlar ota-onalikka qanday tayyorlanishlari kerak?