Илмий кутубхона

Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Oilaviy tazyiq va zo‘ravonliklarning asosiy sotsial omillari
Oilaviy zo‘ravonlikning ko‘p hollarda yashirin bo‘lishi va ijtimoiy me’yorlar bilan “oqlanishi” uning yechimini yanada murakkablashtiradi. Ayollarning o‘ziga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlarini oshkor qilishdan cho‘chishi, ijtimoiy bosim, iqtisodiy qaramlik yoki huquqiy himoyaning zaifligi tufayli ular ko‘pincha zo‘ravon munosabatlarni davom ettirishga majbur bo‘ladi. Shu sababli xalqaro tashkilotlar ushbu muammoni jamoatchilik ongiga olib chiqishni, profilaktik choralarni kuchaytirishni talab qilmoqda.