Илмий кутубхона

single image
Nurmonov Asliddin Xusniddin oʻgʻli, Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti

Er-xotin o‘rtasidagi yosh tafovuti oilaviy ziddiyatlarga sabab bo‘ladimi?

Er-xotin o‘rtasidagi yosh tafovutlari ba’zan oila ichida muammolar va tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin, lekin bu har doim ham ziddiyat manbayi emas. Masala yoshda emas, balki ikki shaxsning psixologik yetilganligi, kommunikativ madaniyati va bir-biriga bo‘lgan hurmatida. Ilmiy yondashuvda yosh farqlarining oila barqarorligiga ta’siri ko‘proq shaxsiy xususiyatlar, rollar taqsimoti va ijtimoiy stereotiplarga bo‘lgan munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, katta yoshdagi erkak va ancha yosh ayol o‘rtasida biologik ritmlar, ijtimoiy mavqe, hatto, kundalik qiziqishlar keskin farq qilishi mumkin.