Илмий кутубхона

single image
Axmedova Dildora Olimjonovna, ISFT instituti “Psixologiya va pedagogika” kafedrasi dotsenti, Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti

Mehnat migratsiyasi feminizatsiyalashuvi: xotin-qizlar psixologiyasi va ijtimoiy identifikatsiya

Migratsiya oqimlarining feminizatsiyasi, yaʼni migrantlarning umumiy sonida ayollar ulushining oshishi ekspertlar tomonidan xalqaro mehnat migratsiyasi rivojlanishining eng yangi bosqichining oʻziga xos xususiyati sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu koʻp jihatdan globallashuv jarayonlari bilan birga keladigan jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Bandlik tuzilmasida xizmat koʻrsatish sohasining ortib borayotgan ustunligi rivojlangan davlatlarning xizmat koʻrsatish sohasida malakasiz mehnatda band boʻlgan migrant ayollarga boʻlgan ehtiyojini shakllantiradi.