Илмий кутубхона

Tleuova Gulmira Ospanovna, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi
Ayollar jinoyatchiligi va oila turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bо‘yicha Ingliz-amerika huquqiy oilasi davlatlarining tajribasi
Ayollar tomonidan oila va turmush doirasida sodir etiladigan huquqbuzarliklar va jinoyatlar jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy muammolardan biri hisoblanadi. Ayollar jinoyatchiligi va oila turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi xorijiy tajriba mazkur masalalar kompleks va sohalararo yondashuv talab etishini kо‘rsatadi. Quyida Ingliz-amerika huquqiy oilasi tarkibiga kiruvchi ayrim xorijiy mamlakatlarda bu borada olib borilgan chora-tadbirlar keltirilgan.