“Gender reytinglarda ijobiy siljish📊”

04:00 - 27 феврал Янгиликлар
107


🌐 “Ayollar, biznes va qonunchilik – 2026: Bandlik va inklyuziv iqtisodiy o‘sish uchun qonunchilikni baholash”

   

     📈Oʻzbekiston “Ayollar, biznes va qonun” indeksining asosiy indikatorlari boʻyicha 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik boʻyicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilib, soʻng 5 pogʻonaga yuqorilab, Oʻzbekiston dunyo davlatlar orasida 134-oʻrinni egalladi. Indeksining 2021, 2022 va 2023-yillardagi hisobotlarida Oʻzbekiston 190 ta davlat orasida 70,6 ball, 2024-yilda Oʻzbekiston 190 ta davlat orasida 82,5 ball qayd etgan holda Markaziy Osiyoda birinchilikni egalladi.

    📊 Jahon Bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksining 2026-yilgi hisobotida Oʻzbekiston global miqyosda ijobiy va raqobatbardosh oʻrinni egalladi. Jumladan, Oʻzbekiston 190 ta davlat orasida “huquqiy asoslar” ustuni boʻyicha 82,10 ball toʻplagan holda kuchli 50 talikka kirdi, yaʼni xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini taʼminlovchi qonuniy huquqlar boʻyicha Oʻzbekistonning xalqaro maydonda yuqori pogʻonaga chiqib oldi. 

    🔼Shu bilan birga, Oʻzbekiston gender tengligi boʻyicha barcha koʻrsatkichlari boʻyicha jahon oʻrtacha darajasidan yuqori natijalarni koʻrsatdi. Shuningdek, Oʻzbekiston “Yevropa va Markaziy Osiyo” mintaqasida oʻrtacha darajasidan ham yuqoriroq oʻrinni egalladi.

    🌎 Oʻzbekiston mamlakati iqtisodiy imkoniyatlari oʻxshash boʻlgan boshqa davlatlarga nisbatan huquqiy tenglik borasida qariyb 24 ballga oʻzib ketdi va guruh yetakchilaridan biriga aylandi. 

   ↗️ 2023-yil oktyabrdan 2025-yil oktyabrgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston dunyo boʻylab ijobiy islohotlar oʻtkazgan 68 ta mamlakat roʻyxatiga kirdi. Ayniqsa, eng koʻp islohotlar qilingan “Tadbirkorlik” yoʻnalishida Oʻzbekiston davlat xaridlari jarayoniga gender tamoyillarini kiritgan yetakchi 6 ta davlatdan biri sifatida eʼtirof etildi. 

ness image
Чоп этиш