"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan, mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Samarqand viloyatining, Kattaqo'rg'on shahri, Kattaqo'rg'on tumani, Narpay tumani, Nurobod tumani, Paxtchi tumani va Ishtixon tumanlarning 192 nafar mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

27-dekabrga qadar davom etadigan 36 soatlik malaka oshirish kurslari davomida mahalla xotin-qizlar faolining imiji, oila, xotin-qizlar va gender yo‘nalishidagi normativ-huquqiy hujjatlar, xotin-qizlar muammolarini o’z vaqtida aniqlash va hal qilish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish, migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, nizoli oilalar bilan ishlash kabi qator mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Рус
Eng



