Imtiyozli kredit uchun arizalar qabuli boshlandi

OILAKREDIT.UZ saytiga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlik kreditlariga ariza qabul qilish boshlangan.
Bunda imtiyozli kredit olmoqchi bo‘lgan fuqarolar "O‘zini o‘zi band qilgan shaxs" sifatida davlat ro‘yhatidan o‘tishi lozimligi "talab etilmoqda".
☑️Eslatib o‘tamiz, mazkur kreditlar:
▪️kreditlar ustuvor ravishda avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladi;
▪️agrar tarmoqda uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik sub’ektlariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi;
▪️tadbirkorlik sub’ektlarining mahallalarda, shu jumladan tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshirilgan. Bunda, tashabbuskor loyihada kamida o‘ttiz foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim;
▪️dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;
▪️imtiyozli kreditlardan foydalanib, daromad topishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida tasniflanadi;
▪️kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkazib beriladi;
▪️ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarmaganlarga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur kreditlarni olish uchun yuqorida ko‘rsatilgan saytga kirib, onlayn tarzda ariza yuborasiz.
Yuqoridagi masalalar ko‘rsatilgan qaror.
Manba: @bankirkundaligi
Рус
Eng



