Yusupova Nigora Jaloliddin qizi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi prof.v.b. yuridik fanlari doktori
2006-yildan Islom huquqshunosligi ixtisosligi bo‘yicha “Islomda ayol huquqlarini o‘rganishning nazariy-tadbiqiy jihatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab fan nomzodi ilmiy darajasiga, 2008-yildan dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.
N.Yusupova 100 dan ziyod ilmiy maqolalar, 3 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 5 ta ilmiy monografiya, 4 ta risola muallifi. Uning tadqiqot natijalari respublikaning nufuzli ilmiy jurnallarida nashr qilindi, ilmiy-amaliy konferensiyalarda, qator korxona va tashkilotlarda, otinoyilar o‘rtasida, mahalla fuqarolar yig‘inlari, maktab, akademik litsey, kollejlarda ma‘ruzalar qilib kelinmoqda. Jumladan, joylarda “Oilaning jamiyatda tutgan o‘rni”, “Oila davlat va jamiyat muhofazasida”, “Yoshlar va ayol-qizlar orasida ekstremistik g‘oyalarning tarqalish sabablari, oldini olishning ma‘naviy-huquqiy asoslari”, “Oilaning ma‘naviy asoslari” mavzularida ma‘ruzalar qilingan, “Barkamol avlod tarbiyasida qadriyatlar va oilaning o‘rni”, “Oilada farzand tarbiyasida otalarning o‘rni”, “Xujra ortidagi xiylalar” “Oiladagi ma‘naviy qadriyatlar”, “Vatan tuyg‘usi”, “E‘tiqod” mavzularidagi ma‘rifiy ko‘rsatuvlarda suhbatlar olib borilgan.
Yusupova N. talabalar va magistrantlarga “Islom huquqi”, “Oila huquqi”, “Oila ma‘naviyati”, “Vijdon erkinligining huquqiy asoslari” fanlaridan dars berishi barobarida ko‘plab iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilib keladi. Hozirgi kunda uning rahbarligi ostida 10 dan ziyod iqtidorli talaba Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.