Ilmiy xodimlar

Ilmiy xodimlar

To‘ychiyeva Gulxumor Ummataliyevna

"Oila qadriyatlarini mustahkamlash va oila psixologiyasi" bo‘limi boshlig‘i

Filologiya fanlari doktori (DSc)

el. pochta tuychigul@gmail.com

 Mehnat faoliyati: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, ToshDSHI qoshidagi akademik litsey direktori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi eksperti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” Fondi (trener), A.Avloniy nomidagi o‘qituvchilar malaka oshirish instituti (lektor), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (dekan).

Yo‘nalishlar: fors adabiyoti, poetika, sheʼrshunoslik, sharq filologiyasi, islom sivilizatsiyasi tarixi, Qurʼon tafsirini rus tiliga tarjima qilish, islomda xotin-qizlar huquqi, xotin-qizlar harakati, gender tadqiqotlar, konfliktologiya, mediatsiya, davlatning yoshlar siyosati, siyosiy partiyalar qurilishi, taʼlim va tarbiya nazariyasi.

Jamoatchilik faoliyati: Talabalar ilmiy kengashi, ToshDSHI ilmiy kengashi kotibi, FMDP (Fidokorlar partiyasi) Markaziy Kengashi kotibi, Fidokorlar partiyasi “Xotin-qizlar harakati” asoschisi, “Sharqshunoslik” va “Sharq mashʼali” jurnallari bosh muharriri o‘rinbosari.

Grantlar: 1. “Yoshlarni konfliktlar yechimiga tayyorlash”, respublika miqyosida kollej va akademik litsey o‘quvchilari uchun ikki kunlik seminarlar, AQSH elchixonasining PiE granti; 2. “Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish”, AQSH elchixonasi, Aholi bilan munosabatlar bo‘limi qoshidagi Demokratik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash kichik granti, Toshkent shahri bo‘yicha nomzodi Oliy Majlisga ko‘rsatilgan xotin-qizlarni saylov jarayonlariga tayyorlash; 3. Mahalla xotin-qizlari diniy aqidaparastlikka qarshi. Diniy-maʼnaviy ishlar bo‘yicha mahalla maslahatchilari uchun ikki kunlik ilmiy-amaliy seminarlar, NNT larini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti.

Xalqaro malaka oshirish: 1. Hindiston, Javaharlal Neru Universiteti, Eron mumtoz adabiyoti (1998); 2. Isroil, MASHAV tashkiloti, Ustoz fondi, Oliy taʼlim tizimini boshqarish (1999); 3. Janubiy Koreya, SIVAK tashkiloti, OO‘MT vazirligi, Taʼlim tizimini boshqarish (2000); 4. AQSH, Alabama universiteti, AKSELS, Fuqarolik taʼlimi, Conflict resolution (2001); 5. Avstraliya, Sidney Texnologik universiteti, Gender tadqiqotlar, Avstraliya Gumanitar Akademiyasi granti (2009)

Xalqaro konferensiyalar: Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon), Gruziya (Tbilisi), Kozog‘iston (Almati), Hindiston (Deli, Agra), Tursiya (Anqara, Istambul), Avstraliya (Sidney), Ozarbayjon (Boku), Turkmaniston (Turkmanobod)

Xalqaro ilmiy hamkorlik: Avstraliyaning Sidney Texnologik universiteti qoshidagi Civil socities Institute ning Cosmopolitan civic socities jurnali redkollegiyasi aʼzosi (https://epress.lib.uts.edu.au/journals/index.php/mcs)

Eʼlon qilingan ishlar: 150 dan ortiq kitob, monografiya, maqolalar nashr qilingan.

 ____________________________________________________ 


Norqulov Husniddin Do‘sbekovich

“Oila qadriyatlarini mustahkamlash va oila psixologiyasi” bo‘limi katta ilmiy xodimi

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

el. pochta: norqulov.h69@mail.ru

Mehnat faoliyati: Samarqand viloyati Ishtixon tumani 88-maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Respublika “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi yoshlar muammolari instituti katta mutaxassisi, Yoshlar muammolari instituti qoshidagi “Zakovat ilm” markazi ilmiy tadqiqotchisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bosh ilmiy xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ilmiy kengashi kotibi, O‘zbekiston davlat sanʼat instituti maʼnaviyat va maʼrifat ishlari bo‘yicha prorektor, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (lektor), Samarqand davlat chet tillar institutining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bosh mutaxassisi.

Yo‘nalishlar: Taʼlim va tarbiya nazariyasi, konfliktologiya, mediatsiya, davlatning talaba-yoshlar siyosati, siyosiy partiyalar harakati.

Jamoatchilik faoliyati: S.Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika instituti talabalar turar joyi kengashi “Adolat” SDP targ‘ibotchi.

Xalqaro konferensiyalar:

“Buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, taʼlim va madaniyat” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plamida “Buyuk ipak yo‘lida milliy - madaniy meros masalalari” mavzusidagi ilmiy maqola chop etildi. Samarqand-Shanxay. – Samarqand. SamDCHTI bosmaxonasida chop etilgan. 2015. 198-201 betlar.

“Buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, taʼlim va madaniyat” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plamida “Taʼlim tizimiga pedagogik texnologiyalarni joriy etish” mavzusidagi ilmiy maqola chop etildi. Samarqand-Shanxay. – Samarqand. SamDCHTI bosmaxonasida chop etilgan. 2016. 344-346 betlar.

Eʼlon qilingan ishlar: 60 dan ortiq kitob, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va maqolalar nashr qilingan.

______________________________________________________

Xoliqova Mohira Qo‘ndiboyevna

"Mahalla institutini mustahkamlash" bo‘limi katta ilmiy xodimi

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

el. pochta: mohira.halikova@gmail.com

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini OTM, ilmiy‑tadqiqot muassasalari, malaka oshirish tizimi hamda xalqaro tashkilotlarda olib borgan. OTMda prorektor, rektor lavozimlarida o‘quv jarayonini tashkil etish, pedagogika va andragogika tizimining dolzarb muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishlarini olib borish, innovatsion texnologiyalarni taʼlim mazmuniga singdirish, taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik kabi keng ko‘lamdagi ilmiy-uslubiy, o‘quv-maʼrifiy faoliyatni boshqargan. Taʼlimga oid davlat dasturlarini ishlab chiqishda va targ‘ibotida faol ishtirok etgan.

YUNESKO, YUSAID, YUNISEF, DVV international kabi xalqaro tashkilotlarning taʼlim masalalari bo‘yicha eksperti, konsultant, xalqaro trener sifatida taʼlim konsepsiyalarini milliy taʼlim tizimiga implementatsiya qilish bilan shug‘ullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Maxsus o‘quv kurslari rahbari sifatida 14ta hududiy Maxsus o‘quv kurslari faoliyatini muvofiqlashtirgan, rahbar va mutaxassislar uchun oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish, boshqaruv asoslari, oila mediatsiyasi kabi mavzularda treninglar, seminarlar, master-klasslar tashkil etgan.

Ilmiy faoliyati

Komparativistika, andragogika, sotsiologiya, etnolingvistikaga oid 100dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar muallifi. OWSD (Organization for Women in Science for the Developing World) tashkiloti aʼzosi.

"Xalq taʼlimi aʼlochisi". Professional mediator. Xalqaro loyihalar bo‘yicha ekspert.

______________________________________________________

Ismaylova Raʼno Nurayevna

“Oila huquqi va gender tengligi” bo‘limi boshlig‘i

Psixologiya fanlari nomzodi (PhD)

el. pochta: ranohon2013@gmail.com

Mehnat faoliyati: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy Universiteti, FTDQ, Toshkent Davlat Madaniyat instituti (kafedra mudiri), RBIMM (katta ilmiy xodimi, AKX rahbar o‘rinbosari), “Sen yolg‘iz emassan” NTM, “Intilish” RATM NNT (psixolog, loyiha koordinatori).

Yo‘nalishlar: ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy antropologiya, oila psixologiyasi, psixodiagnostika, psixokonsultatsiya, xotin-qizlar huquqi, oilada gender tenglik, gender tadqiqotlar, konfliktologiya, sotsiologik tadqiqotlar.

Grantlar: 1.“Erkaklar va ayollar yig‘inlari” (IFEAC), 2. “O‘zbekistonda yahudiylar diasporasi” tarix va bugun (IFEAC), 

Loyixalardagi ishtiroki: OO‘MT vazirligi, YUNESKO, RBIMM bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonda ijtimoiy ishni rivojlantirish” dasturida “Nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ijtimoiy ish” va “Ijtimoiy ish menedjmenti” kurslarini ishlab chiqishda va olib borishda ishtirok etgan.

USAID, CHALLENGE TB, "INTILISH" RATM NNT. O‘zR Ftiziatriya va Pulmonologiya IATMning sog‘liqni saqlash tizimida “Trenerlarni tayyorlash bo‘yicha kirish kurslari” da fasilitator.

USAID, DVV international kabi xalqaro tashkilotlarning loyihalarida amaliyotchi psixolog va koordinatorlik lavozimlarida ishlagan. Ushbu loyihalarda psixologik xizmatlarni va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqqan.

UNDP, O‘zR FVV. “Ekstremal sharoitda birinchi psixologik yordam ko‘rsatish” trening ishlab chiqilgan va trening o‘tkazilgan.

UNDP, O‘zR MAIHQV  "Keksalar va nogironlar uchun ijtimoiy xizmatlarning individual dasturini ishlab chiqish va hayotiy vaziyatni baholash" kursining ishlab chiqishda ishtirok etgan va trening o‘tkazilgan.

Xalqaro malaka oshirish: 1. Fransiya. Parij. Didro stipendiyasi bo‘yicha “O‘zbekistondagi muqaddas joylar haqidagi afsonalarning shakllanishidagi ijtimoiy psixologik omillar (2005-2006); 2. Fransiya. Parij. Didro stipendiyasi bo‘yicha “O‘zbekistonda yahudiy jamoalarining diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari va marosimlari” (2008); 3. Germaniya. Gall. Maks Plank nomidagi Ijtimoiy antropologiya ilmiy-tadqiqot instituti; “Qirg‘izistondagi odatiy huquq sudi: Oqsoqollar sudi”. O‘zbekistonda 19 asr oxirida qirg‘iz maxallalari arxiv materiallari".

4. Isroil. MASHAV. “Imkoniyati cheklangan bolalarni meʼyoriy taʼlim muhitiga singdirish".

Eʼlon qilingan ishlar: 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, amaliy-uslubiy qo‘llanmalar nashr qilingan.

_______________________________________________________

Alimjanova Dilbar Magribjanovna

"Xalqaro aloqalar" bo‘lim boshlig‘i.

el. pochta: dilbara1962@mail.ru

Mehnat faoliyati: “Sog‘lom avlod uchun” jamoat fondida turli vazifalarda ishlagan; 300 nafardan ortiq o‘zbekistonlik 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning Germaniya, Koreya kabi davlatlarda jarrohlik operatsiyalari vositasida sog‘lomlashtirish, Qoraqalpog‘iston va Xorazmning Orolbo‘yi aholisiga, ayollar va bolalarga insonparvarlik yordamlarini tashkillashtirish, “Salomatlik” poyezdlari loyihasi doirasida ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish ishlarida faollik ko‘rsatgan. 2008-2017-yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasidagi faoliyati davomida xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbiy, jismoniy, maʼnaviy va intellektual jihatdan o‘stirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sog‘lom oilani shakllantirish yo‘nalishida faoliyat olib bordi. 290 dan ortiq ayollar nodavlat tashkilotlari va bir qator fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatishda va 80 ga yaqin xorijiy uchrashuvlar va xalqaro tashriflarni tashkillashtirish ishlarini olib bordi. 2018-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni o‘rganish ishlarini jamoatchilikni keng jalb etishga ko‘maklashdi. 2004-yilda “Sog‘lom avlod uchun ordeni” bilan, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Ilmiy yo‘nalishlari: aholini ijtimoiy himoyalash, nogiron bolalar salomatligini tiklash, ayollar hayotini yaxshilash va oilalar tinchligini taʼminlash, borasida yetuk mutaxassis.

Institutning yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro malaka oshirish:

  1. Isroil, Xayfa sh. “ Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish milliy va xududiy tizimlari” nomidagi 21 kunlik xalqaro seminar (2011-yil).
  2. Turkiya, Stambul “ Ayollarni iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish” mavzusida 7 kunlik halqaro seminar ( 2012-yil).
  3. Gruziya, Tblisi sh. “ Osiyo Taraqqiyot Bankni Markaziy va G‘arbiy Osiyoning mamlakat-aʼzolarida gender siyosatini hayotga tadbiq etilishi” mavzusida 7 kunlik halqaro seminar( 2014-yil).
  4. Germaniya, Berlin sh. Nodavlat notijorat tashkilotlarni faoliyati bilan tanishish maqsadida 8 kunlik tajriba almashish dasturi ( 2014-yil).
  5. Qozog‘iston, Olma-Ota sh. Jahon Banki tomonidan “Gender va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida tashkil etilgan mintaqaviy forum ( 2015-yil).
  6. Portugaliya, Lissabon, Porto sh. - Odam savdosini oldini olishda davlat va nodavlat tashkilotlarning xamkorlik masalalari bo‘yicha 12 kunlik tajriba almashish (2016-yil).
  7. Koreya-Seul sh., Filippin-Manila sh. – odam savdosidan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reintegratsiya masalalari, zo‘ravonlik qurbonlari uchun mahsus markazlarning faoliyati bilan tanishish maqsadida 14 kunlik o‘quv safari ( 2017-yil).

Halqaro konferensiyalar:

  1. Kozog‘iston, Olma-Ota – “Markaziy va G‘arbiy Osiyoda gender tenglik: erishilgan yutuqlar" (2012-y.)
  2. Toshkent sh. - Prodvijeniye rosta s uchetom gendernix aspektov v stranax-chlenax ABR Sentralnoy i Zapadnoy Azii» ( 2014g.)
  3. Nyu-York sh., AQSH. BMTning Aholishunoslik va rivojlanish komissiyaning 52chi sessiyasida maʼruza bilan ishtirok etildi. 2019-y.

_______________________________________________________

Xodjayev Sobir Djumayevich

“Strategik tahlil va prognozlashtirish” bo‘limi boshlig‘i, sotsiolog.

Mehnat faoliyati: O‘zMU sotsiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining Axborot tahlili bo‘limi bosh mutaxassisi.

Xalqaro malaka oshirish: “Ustoz” jamg‘armasi granti sovrindori sifatida Buyuk Britaniyaning Reding universitetida, Yevropa Ittifoqining TASIS fondi sovrindori sifatida Germaniyaning Biyelifeld universitetida, EERC fondining granti sovrindori sifatida Rossiyaning RESH (Rossiyskaya ekonomicheskaya shkola). EERC fondining granti sovrindori sifatida Kiyevda bo‘lib o‘tgan simpozium ishtirokchisi. Ingliz va rus tillarini mukammal biladi.

Yo‘nalishlar: sotsiologik tadqiqotlarning metodologiyasi, metodi va texnikasi; sotsiologik maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish usullari; ijtimoiy statistika; tadbirkorlik sotsiologiyasi.

Eʼlon qilgan ishlari: 30 dan ortiq maqola va tezislari Xalqaro va respublika ilmiy jurnallari va konferensiya materiallari to‘plamlarida chop etilgan.

____________________________________________________________________________

Shakirova Shoxida Yusupovna

"Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi" boshlig‘i

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

el. pochta: sh.rustamova1994@mail.ru

Mehnat faoliyati

Umumiy o‘rta maktab arab tili o‘qituvchisi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi katta inspektori, o‘qituvchisi, Ilmiy Kengash ilmiy kotibi; "Sharq Mashʼali” va “Mayak Vostoka” jurnallari korrektori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bosh mutaxassisi, ilmiy-uslubiy va muvofiqlashtiruvchi kengashlar Ilmiy kotibi lavozimlarida ishlab kelgan. 

Ilmiy faoliyati

Arab filologiyasi, arab tili va adabiyoti, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik, maʼnaviyat va tarbiya, oilaviy qadriyatlar, sotsiologiya.

Jamoatchilik faoliyati

Tadqiqot.uz Xalqaro ilmiy jurnali va “O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” jurnali tahririyati aʼzosi, Muzaffar.uz saytining “Mashhurlar hayotidan” bo‘limi muharriri, "Adolat" SDP aʼzosi.

Xalqaro konferensiya va ilmiy jurnallardagi nashrlari: 1. Istochnikovedeniye i istoriografiya stran Azii i Afriki “Vostokovedeniye i Afrikanistika v dialoge sivilizatsiy”. SpbGU; 2. Vestnik Chelyabinskogo gosudarstvennogo universiteta; 3. Chexiya ilmiy jurnali - “Paradigmata poznani”; 4. "Aktualniye problemi sovremennogo vostokovedeniya" ("Buniyatovskiye chteniya"). Baku; 5. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA. 6. Internauka ilmiy jurnali. Moskva.

Eʼlon qilgan ishlari: 30 dan ortiq Xalqaro va Respublika ilmiy jurnallari va konferensiya to‘plamlarida ilmiy maqola va tezislar hamda monografiya nashr qilingan.

_____________________________________________________________________________

Xafizov Sanjar Akramovich

“Tahririy‑noshirlik va axborot texnologiyalarni rivojlantirish” bo‘limi kichik ilmiy xodimi.

el. pochta: sanjar-kh@hotmail.com

Mehnat faoliyati: O‘z mehnat faoliyatini oliy taʼlim, ilmiy‑tadqiqot muassasalari, malaka oshirish tizimi hamda xalqaro tashkilotlarda olib borgan. Mehnat faoliyati davrida oliy va o‘rta taʼlim muassasalarining pedagog xodimlarini kasb malakalarini oshirish, taʼlim sohalariga zamonaviy taʼlim texnologiyalari va monitoring tizimlarini joriy etish bilan shug‘ullangan. Oliy hamda umumiy o‘rta taʼlim tizimlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, Davlat taʼlim standartlari va o‘quv dasturlarini tayyorlagan. Shuningdek, YUNESKO va Osiyo Taraqqiyot Banki loyihalarida taʼlim masalari bo‘yicha faoliyat olib borgan.

Ilmiy faoliyati: ilmiy faoliyati yoshlarda maʼnaviy fazilat va sifatlarini shakllantirish, shakllanganlik darajasini baholash metodologiyasi bilan bog‘liq. Shuning bilan birga, o‘quvchi yoshlarda maʼnaviy, ahloqiy, vatanparvarlik, faol fuqarolik fazilat va sifatlarni shakllantirish metodologiyasi yo‘nalishlarida ham tadqiqotlar olib bormoqda.

Oliy pedagogika taʼlim muassasalari uchun "Umumiy pedagogika", umumiy o‘rta taʼlim muassasalari uchun 9-sinf "Informatika", 5- va 6-sinflar uchun "Tarbiya" darsliklari hammuallifi.

_______________________________________________________

Gafurova Nodira Mirhosilovna

“Mahalla institutini mustahkamlash” bo‘limi boshlig‘i,

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

el. pochta: gnm1208@gmail.com

Mehnat faoliyati:Toshkent shahar 105-maktab (o‘qituvchi, o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor muovini), Toshkent shahar 70-maktab (direktor), TIMI qoshidagi akademik litsey (o‘qituvchi), Nizomiy nomidagi TDPU (aspirant, stajyor-tadqiqotchi, “Umumiy pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi).

Yo‘nalishlar: pedagogika, taʼlim menejmenti, elektron pedagogika, sotsiologiya, ijtimoiy pedagogika, oila pedagogikasi, konfliktologiya, psixologiya, akmeologiya, neyrolingvistik dasturlashtirish.

Jamoatchilik faoliyati: XDPU aʼzosi, TDPU “Pedagogika va psixologiya” fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha masʼuli.

Xalqaro malaka oshirish:

Rossiya, Belgorod “Sovremenniye podxodi k organizatsii vospitatelnoy deyatelnosti v obschem i profissionalnom obrazovanii”, 2018-yil, iyun.

Ukraina, Latviya, Polsha “Society of ambient intelligence” - “Bizni qurshab turgan ziyolilar jamiyati” Kongressi: raqamli iqtisodiyot globallashuvi sharoitida axborot jamiyati rivojlanishi va axborot texnologiyasining zamonaviy tendensiyalari, asosiy omillari va xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan yangi bilimlarni yaratish, maʼlumotlar va ilg‘or tajribalarni almashish maqsadida akademik hamjamiyat va biznes o‘rtasida turli xil hamkorlik platformasini tashkil etish. 2020-yil 24-25-sentyabr.

Xalqaro konferensiyalar: Rossiya (Moskva, Belgorod, Sankt-Peterburg), Latviya, Litva, Kozog‘iston (Olma-Ota), AQSH, Kanada, Ukraina, Polsha.

Eʼlon qilingan ishlar: 70 dan ortiq maqolalar, metodik qo‘llanmalar, monografiya nashr qilingan.

______________________________________________________

TLEUOVA GULMIRA OSPANOVNA                                        

"Oila huquqi va gender tengligi" bo‘limi kichik ilmiy xodimi

el. pochta: gulmira62_@mail.ru

Mehnat faoliyati: Nukus davlat universiteti, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi.

Yo‘nalishlar: siyosiy iqtisod, iqtisodiyot nazariyasi, xotin-qizlar harakati, xalqaro xamkorlik, gender tengligi va oila masalalari, loyihalarni monitoring qilish va baholash, mediatsiya.

Jamoatchilik faoliyati: Xotin-qizlar harakati

Xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlik:

Nemeskiye Sberegatelniye Kassi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), BMTning Ayollar jamg‘armasi (UN WOMEN), BMTning Taraqqiyot dasturi (UNDP), CEDAW Konvensiyasini tadbiq etish bo‘yicha trener; USAID.

Xalqaro malaka oshirish: 1. Seul, Janubiy Koreya, KOICA, Prava cheloveka i razvitiye jenschin (2007); 2. Mayns, Germaniya, Nemeskiye Sberegatelniye Kassi (2010); 3. Yerevan, Armeniya, "Prodoljeniye rasshireniya masshtabov protivodeystviya VICH-infeksii, sfokusirovannogo na osobo uyazvimix sloyax naseleniya i ukrepleniye sistemi i potensiala dlya vseobschego dostupa k profilaktike, diagnostike VICH, lecheniyu i uxodu v Respublike Uzbekistan", (2011); 4. Istambul, Turkiya, UNFPA – Promundo-US, Ispolzovaniye podxoda Men Care v kachestve instrumenta dlya obespecheniya gendernogo ravenstva (2015); 5. Epshtayn, Germaniya, GIZ – Nemeskiye Sberegatelniye Kassi, Razrabotka programmi po povisheniyu finansovoy gramotnosti (2016); 6. Tbilisi, Gruziya, DVV International tashkiloti faoliyati bilan tanishuv, (2018); 7. Chapel Xill, Shimoliy Karolina, AQSH, Rabochaya sessiya po problemam sotsialnoy raboti, (2019);

Xalqaro konferensiyalar: Rossiya (Moskva), Kozog‘iston (Almati), Qirg‘izston (Bishkek).

_______________________________________________________

Rashidova Shaxzoda Raimovna

"Oila huquqi va gender tengligi" bo‘limi kichik ilmiy xodimi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch dorktoranti.

el. pochta: shahzoda8657@gmail.com

Mehnat faoliyati:

Umumiy o‘rta taʼlim maktabi, Mikromoliyalashtirish tashkilotlari va kredit uyushmalari milliy Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi.

“Imom al-Buxoriy” davlat stipendiyasi sohibi. Professional mediator. Halqaro va milliy sertifaktlarga ega.

Hakamlik sudya. Milliy sertifikatga ega.

Ilmiy loyihalarda ekspert va koordinator.

Ilmiy yo‘nalishlari:

Oila xuquqi, islom huquqi, mediatsiya, hakamlik sudi.

Tarix mavzulariga oid 2 o‘quv uslubiy qullanma, 20 dan ortiq tezis va ilmiy maqolalar muallifi, halqaro va milliy anjumanlarda ishtirokchisi.

_______________________________________________________

Sattorova Anora Karimovna

“Oilani demografik rivojlantirish” bo‘limi kichik ilmiy xodimi, sotsiolog.

el. pochta: nora_ann99@inbox.ru

Mehnat faoliyati: O‘zbekiston Milliy universiteti, “Intilish” RATM NNT.

Ilmiy yo‘nalishlari: sotsiologiya, ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot-psixologik xavfsizligi.

Eʼlon qilingan ishlar: 10 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar.

_______________________________________________________

Ismoilova Xurshida Toxirovna

"Ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini oshirish" bo‘limi boshlig‘i.

el. pochta: ilm.hurshida@mail.ru

Mexnat faoliyati: Z.M.Bobur nomidagi ADU, A. Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.

X.Ismoilovaning 28 ga yaqin ilmiy ishlari, jumladan 1 ta elektron qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 25 dan ziyod ilmiy-uslubiy maqolalari nashr yuzini ko‘rgan.

Ilmiy yo‘nalishlar: pedagogika, ijtimoiy pedagogika, oila pedagogikasi.

Xalqaro malaka oshirish: 2019-yil – Xindistonning Deli shaxridagi “National Institute for Entrepreneurship and Small Business Development” (NIESBUD) instituti.

_______________________________________________________

Bayjonov Furqat Baxramovich

"Ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini oshirish" bo‘limi kichik ilmiy xodimi.

el. pochta: furqat.bayjonov@bk.ru

Mehnat faoliyati: umumiy o‘rta taʼlim maktabi, OTM, malaka oshirish institutlari.

Ilmiy yo‘nalishlari: geografiya o‘qitish metodikasi, turizm. Filologiyaga oid 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

_______________________________________________________

ERMATOV SHUHRAT TESHABOYEVICH

Devonxona mudiri.

el. pochta: ermatov1960@gmail.com

Toshkent Politexnika institutining “Avtomatika va telemexanika” kafedrasi muxandisi,stajer-tadqiqotchi; Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti; O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnika va tibbiyot xujjatlari Markaziy davlat arxivi direktori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Kino, surʼat va ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi direktori; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi direktor o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi. O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutning umumiy bo‘lim boshlig‘i.

Ilmiy yo‘nalishlar: 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta elektron darslik, turli mavzudagi xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda 60 dan ortiq tezis va maqolalar muallifi. “Shaxsiy kompyuterlar va ulardan samarali foydalanish asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasi “Isteʼdod” jamg‘armasi tomonidan 2009-yilning “Eng yaxshi darsligi va o‘quv qo‘llanmasi” konkursida faxrli 2-o‘rinni egallagan.

_______________________________________________________

Yulchiyeva Dildora Habibullayevna

"Ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini oshirish" bo‘limi kichik ilmiy xodimi.

el. pochta: dildora@bk.ru

Mehnat faoliyati: umumiy o‘rta taʼlim maktabi, OTM, malaka oshirish institutlari. OTMda malaka oshirish tizimida taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik kabi keng ko‘lamdagi ilmiy-uslubiy, o‘quv-maʼrifiy faoliyatni boshqargan.

Ilmiy yo‘nalishlari: taʼlimda menejment, pedagogika, filologiya. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

_______________________________________________________

Safoyeva Raʼno Jalolovna

Institutning kadrlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi.

el. pochta: rano_18@mail.ru

Mehnat faoliyati: 2009-2010-yilda “Matbuot tarqatuvchi” Aksiyadorlik Kompaniyasida Toshkent shahar obuna bo‘limida axborot xujjatlariga ishlov beruvchi lavozimida ish boshlagan.

Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining mumtoz sharq filologiyasi fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Davlat Sanʼat muzeyida “O‘zbekiston tasviriy sanʼat” bo‘limi boshlig‘i, O‘zLiDeP Toshkent viloyati kengashida yetakchi konsulʼtant, “Matbuot tarqatuvchi” Aksiyadorlik Kompaniyasida Toshkent shahar obuna bo‘limi boshlig‘i, “O‘zbekiston pochtasi ” Aksiyadorlik Kompaniyasida Matbuot tarqatish va shartnomalar bilan ishlash bo‘limi operatori lavozimlarida ishlagan.

_______________________________________________________

Yalgasheva Aslzoda Baxodir qizi

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti 1-toifali ish yurituvchisi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi.

el. pochta: yalgashevaaslzoda@gmail.com

Mehnat faoliyati: 2018-yil iyun-avgust oyida “Na svyazi” MCHJda axborot bo‘limi operatori sifatida ish boshlagan.

2018-2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kotibasi lavozimida ishlagan. 2019-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti talabasi.