“Kompleks gender yondashuvi gender tengligiga erishishning samarali vositasi sifatida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

 “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti USAID O‘zbekistondagi Huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorlikda 24-noyabr kuni “Kompleks gender yondashuvi gender tengligiga erishishning samarali vositasi sifatida” mavzusida xalqaro konferensiyani o‘tkazdi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Zulayxo Mahkamova, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari – Svetlana Artikova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – Mukarram Nurmatova, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriligi boshqarma boshlig‘i – O‘tkir Nazarov, USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori – Devid Xoffman, O‘zbekistondagi Shveysariya elchixonasi vakili – Ursula Keller Alazzvii o‘z kirish so‘zlari bilan qatnashdi.

Mazkur xalqaro anjumanda 17 ta, shundan, 7 ta xorijiy ekspertlarning maʼruzalari tinglandi. Jumladan,

– BMTni O‘zbekistonda UN Women koordinatori – Jeren Guven Guresh G‘arbiy Bolqon tajribasi misolida gender muammolarini inobatga olishning muhimligi” mavzusida taqdimoti

– Makedoniyadagi tadqiqotlar va siyosat ishlab chiqish markazi ijrochi direktori – Mariya Risteska Gender statistikasi gender siyosatini monitoring qilish vositasi sifatida” maʼruzasi

– XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosining gender tenglik va kamsitmaslik masalalari bo‘yicha mutaxassisi – Ozge Berber AgtashBarqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda XMTning roli” chiqishi

– Gruziya, gender tengligi bo‘yicha ekspert Marina Choxeli Iqtisodiy sohada ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” taqdimoti

Yevrosiyo jamg‘armasining Monitoring, baholash, trening va gender masalalari bo‘yicha mutaxassisi Haydar Uali (Qozog‘iston) “Gender ko‘rsatkichlarini qo‘llashda uyg‘unlashgan yondashuv” mavzusida maʼruzasi

Krizis markazlari uyushmasi direktori Zulfiya Baysakova (Qozog‘iston) Oilani yarashtirish masalalarida xavflarni baholash va tuzatish dasturlari samaradorligi” mavzusida chiqishlar qilishdi

Hamda “Green Light for Social Initiatives” nodavlat notijorat tashkiloti direktori Yelena Burmiskaya (Bolgariya) “Idoralararo harakatlar zo‘ravonlikka qarshi kurashning samarali mexanizmi sifatida prezentatsiya bilan ishtirok etdi.

  • Konferensiya yalpi majlis va uchta shuʼbaga bo‘lindi hamda ushbu shuʼbalar doirasida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan,
  • 1-shuʼba “Gender tengligiga erishishda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish”;
  • 2 shuʼba “Genderga doir kompleks yondashuvni qo‘llash uchun maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish va qayta ishlash»;

3 shuʼba “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni”.

Mazkur shuʼbalarda respublikamizda gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish sohasi yo‘nalishidagi milliy yetakchi olim, ekspertlar o‘z maʼruza va taqdimotlari bilan so‘zga chiqishdi. Jumladan,

Elmira Basitxanova, tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

Firuza Xamdamova – yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Nigora Yusupova, yuridik fanlar doktori, Xalqaro islom akademiyasi kafedra professori

Sardor Alimov – falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Nodira Gaibnazarova – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Dildora Tadjibayeva – iqtisod fanlari doktori

Malika Maxmudova – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi doktoranti

Konferensiya doirasida 30 dan ortiq xorijlik va mahalliy ekspert, olim va soha mutaxassislarining maqolalari jamlandi, dekabr oyi davomida chop etish uchun to‘plam holatiga keltiriladi.

Mazkur anjuman yangi maʼlumotlarni olishga, tajriba almashishga, hamkorlikni o‘rnatishga samarali zamin yaratdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Konferensiya yakunida yalpi yig‘ilish va uchta shuʼba majlislarida ishtirokchilar bildirilgan xulosa va tavsiyalar asosida Rezolyutsiya loyihasi qabul qilindi.