Mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish jarayonini amalga oshirishda elektron axborot resurslaridan foydalanish texnologiyalari
Loyiha maqsadi: Mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish jarayonini amalga oshirishda elektron axborot resurslaridan foydalanish texnologiyalarini yaratish.
Loyiha vazifalari:
· mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish holatini o‘rganish;
· mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish bilan band xodimlarning kasbiy malakalarini o‘rganish;
· mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish jarayonidagi asosiy muammolarni o‘rganish;
· mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish jarayoni bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish;
· mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish uchun tahliliy materiallarning maʼlumotlar bazalarini yaratish;
· mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish jarayonini bajarish uchun multimediali elektron qo‘llanma yaratish.