Ilmiy kutubxona

“Oila huquqining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 367-qarori asosida mamlakatimizda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilindi. Mazkur qarorda mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar tashkil etish vazifalari belgilab berildi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 78-F-sonli farmoyishi asosida respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga binoan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida 2021-yil 10-dekabr kuni “Oila huquqining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Mazkur to‘plam konferensiyada qilingan maʼruzalar materiallarini o‘zida jamlaydi.