Ilmiy kutubxona

single image
M. XOLIQOVA

Mahalla institutining ijtimoiy potensialini rivojlantirishning bugungi muammolari

Mahalla - Sharq tamadduni, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari turmush tarzi, tafakkuri va qadriyatlariga xos bo‘lgan jamiyat hayotini tashkil etadigan anʼanaviy ijtimoiy institut. “Mahalla” so‘zi (محلة) arab tilidan tarjima qilinganda “turar joy”, “lager”, “qo‘nalg‘a”, “shaharning bir qismi” degan maʼnolarni anglatadi.

Mahalla lokal parlamentarizm, o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshiruvchi tuzilma sifatida chuqur tarixiy ildizlarga ega. Qadimda mahalla nafaqat ijtimoiy, balki maʼmuriy-hududiy tuzilma tarzida ham eʼtirof etilgan.