Ilmiy kutubxona

single image
M. Xoliqova

Konflikt-menejment

Zamonaviy jamiyatda konflikt-menejment: mahalla va oila tizimiga mediatsiya institutini tatbiq etishning dolzarb masalalari


XXI asrda uzluksiz shaxsiy va kasbiy kamolot hamda o‘zgarib, rivojlanib borayotgan dunyoning talablariga moslashishning samarali shakllaridan biri bu shaxslararo nizolarni samarali boshqarish ko‘nikmalaridir.

Nizolarni hal qilish madaniyati davlat xizmatiga oid huquqiy madaniyatning bir qismidir, uning sifati jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning yechimiga xizmat qiladi hamda fuqarolarning hokimiyat organlariga, qonunlar va qonunosti hujjatlariga bo‘lgan ishonchi va hurmatini belgilaydi.