Ilmiy kutubxona

single image
Mohira Xoliqova

Dunyo milliy tarbiya tizimlari tarixidan: Konfutsiylik

Yunon falsafasi Platon, Aristotel, Suqrot, nemis falsafasi Kant, Nisshe, Shopengauer, Xitoy falsafasi esa Konfutsiy nomi bilan chambarchas bog‘liq va mangu barhayot.

Konfutsiy (xitoycha 孔子 Kun-szi) Xitoy falsafasining tamal toshini qo‘ygan konfutsiylik taʼlimoti asoschisi va siyosiy arbob bo‘lib, uning taʼlimoti Sharq xalqlari dunyoqarashi va tafakkuriga kuchli taʼsir ko‘rsatgan. 

Uning ismi Xitoy madaniyatining Buyuk Xitoy devori, farfor, qog‘oz, porox, ipak, kompas kabi timsoliga aylangan.

Buyuk donishmand taxminan miloddan avvalgi 553 - 479-yillarda yashagan.

Konfutsiy va uning izdoshlari tomonidan yaratilgan ushbu taʼlimot ming yillardan beri Xitoy milliy tarbiya tizimining asosi bo‘lib hizmat qilmoqda.