Ilmiy kutubxona

single image
"Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti "Obod va xavfsiz mahalla" bo‘limi

Mahallalarda notinch oilalar bilan ishlash mexanizmlari

Maʼlumki, jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo‘lsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topadi. Oilaning mustahkamligi va unda maʼnaviy-ahloqiy jihatlarning shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Binobarin oila deb atalmish muqaddas makonda farzandlar kamolga yetadi, ulg‘ayadi. Jamiyatda namunali oilalar talaygina. Namunali oila deganda, oilaviy munosabatlar maʼnaviy mezonlar asosida qurilgan, yaxshi va axloqli farzandlar tarbiyalagan nurli, otaxon va onaxonalar ko‘z oldimizga keladi. Ularning borligi boshqalar uchun ibrat maktabidir. Ammo, afsuski, bu oilalar bilan bir paytda bularga teskari ravishda farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi va ijtimoiy salbiy muhitga ega oilalar hamlar mavjud. Bunday oilalarga, "janjalkash oila", "nizoli oila", "notinch oila" kabi tushunchalarning ishlatilishi shular jumlasidan. 

Notinch oilalar, bu hayot faoliyatida nosog‘lom muhit xukm suradigan ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan oilalardir. Bunday oilalarni kelib chiqishiga oila daromadi past darajadaligi, yomon psixologik holatlar, oilada madaniyat darajasi pastligi kabi vaziyatlar misol bo‘ladi oladi. Ushbu oilalar ularga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning moslashish qobiliyatlari past darajada, oilada tarbiyalash jarayonlari qiyinchiliklar bilan o‘tadi. Bunday turdagi oila uchun ijtimoiy pedagog tomonidan faol va davomiy yordam kerak bo‘ladi. Notinch oilalarda yashovchi er-xotin o‘rtasida vujudga keladigan nizolarning kriminologik va psixologik xususiyatlari, oqibatlari hamda o‘ziga xos jihatlari bevosita boshqa nizolardan tubdan farq qiladi.