Ilmiy kutubxona

single image
T.S. Usmonxo‘jayev, Z.A. Abdullayeva, N.A. Chorshamiyev

O‘ZBEK XALQ HARAKATLI O‘YINLARI

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “O‘ZBEK XALQ HARAKATLI O‘YINLARI” nomli o‘quv qo‘llanma nashr ettirildi. 

Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport muassasalari qo‘mitasi hamda Polvonlar milliy markazi tavsiyasiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, unda xalq harakatli o‘yinlarining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi, sharq allomalarining xalq o‘yinlari haqidagi fikr-mulohazalari, milliy harakatli o‘yinlarning tiklanishi va shakllanishi, o‘zbek xalq o‘yinlarining tasnifiy mohiyati kabi mavzular o‘z ifodasini topgan.

Qo‘llanma taʼlim-tarbiya maskanlari, taʼlim muassasalari, sport maktablarining o‘qituvchi-tarbiyachilari, trenerlari va mutaxassislariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda xalq harakatli o‘yinlarini milliy qadriyatlar sifatida, sihat-salomatlik, jismoniy va maʼnaviy imkoniyatlarni shakllantiruvchi vosita o‘rnida yoshlarimiz ongiga singdirish hamda ularda turli o‘yinlar bilan muntazam shug‘ullanish ehtiyojini tug‘dirish g‘oyasi ilgari surilgan.