Ilmiy kutubxona

Oila instituti rivojlanishida qadriyatlarning o‘rni: milliy va xorijiy tajriba
Ushbu to‘plamdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni hamda 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarori va 15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va uning huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutida “Oila instituti rivojlanishida qadriyatlarning o‘rni: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida 2022-yilning 17-may kuni tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalari o‘rin olgan.