Научная библиотека
Ota-onaning pedagogik-psixologik malakalari farzand tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. Bunday malakalarga ega bo‘lgan ota-onalar farzandlarining rivojlanishini to‘g‘ri yo‘naltira oladilar, ularning ehtiyojlarini tushunadilar, o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydilar va muammolarni samarali hal qiladilar. Ota-onalar o‘z pedagogikpsixologik malakalarini muntazam oshirib borish orqali farzandlarining baxtli kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratishlari mumkin. Ushbu qo‘llanma endi farzandli bo‘lgan va farzandli bo‘lishni rejalashtirgan ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Unda ota-onalarning pedagogik va psixologik malakalarini oshirishga qaratilgan nazariy ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar, mavzuga daxldor turli tadqiqot natijalari jamlangan.
Рус
Eng