Научная библиотека
Har bir inson oilada kamol topadi. Mustahkam oila – yurt tayanchi, uning ishonchli kelajagi, millat sharafini yuksaklarga ko‘taradigan mehr-muruvvat, hayotbaxsh harorat, madaniyat, ma’naviyat o‘chog‘i hisoblanadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 76-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir» deb belgilab qo‘yilganligi ham oilaning qanchalik yuksak asos ekanini ko‘rsatadi. Qolaversa, mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati mohiyatida ham davlat va jamiyatning oilaga bo‘lgan doimiy g‘amxo'rligi o‘z ifodasini topgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda oilaga katta e’tibor qaratilayotgani, oilani mustahkamlash masalalarini davlat siyosati darajasiga chiqarilayotgani hammaga yaxshi ma’lum. Lekin shunga qaramasdan istalmagan homiladorlik, erta, kech, juda tez va juda ko‘p tug‘ruq, ayollar tibbiyot tomonidan tavsiya etilgan 3 yillik oraliqqa rioya qilmagan holda farzandni dunyoga keltirish holatlarining ortishi barchani tashvishga solmoqda. Qo‘llanmada sog‘lom oilani shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Ushbu tavsiyalarga rioya qilish sog‘lom va farovon oilalar sonining oshishiga xizmat qiladi.