Научная библиотека

Mazkur uslubiy qo‘llanmada oila mustahkamligi, xalq farovonligi va taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilm-ma’rifat, tinchlik, poklik kabi tamoyillarga asoslangan islom dini manbalari, qonun hujjatlari, e’zozlangan milliy urf-odatlar va sohaga doir ilmiy nazariy qarashlar asosida oila va nikohning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ushbu uslubiy qo‘llanmada jamiyatning muhim instituti hisoblangan oila va uning barqarorligiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatayotgan norasmiy shar’iy nikoh asosida yuzaga kelayotgan noqonuniy oilalar va ularda farzandlar ta’minoti hamda tarbiyasi bilan bog‘liq muammolar, muqaddas oila instituti mustahkamligiga tahdid solayotgan hodisalarning oldini olish masalalari yoritilgan. Xususan, jamiyat muhitida qonuniy nikohsiz birgalikda yashash, poligamik nikohning axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy oqibatlarini tushunish, uning salbiy ta’sirlarining oldini olish mexanizmlari bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar o‘z ifodasini topgan.

Mazkur uslubiy qo‘llanma “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarining mutaxassislari, otinoyilar, oilashunos tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.