Научная библиотека
Kechagina yigit va qiz edingiz...
Siz sevgi haqidagi kitob, film, qoshiq, saytlar tavsiyalarini yonib oqirdingiz. O‘rtoqlaringiz bilan suhbatlaringizning 70% sevgi haqida edi. Chunki Siz kelishgan yigit edingiz. Siz chiroyli qiz edingiz. Kunlardan bir kuni kozlar kozlarga tushdi. Oh! Bu qaynoq qarashlar ehtirosli uchrashuvlarda, tungi xabarlar, “Odnoklassniki”dagi “chat”larda tekshirildi. Sinovdan o‘tdi. Dabdabali to'y shovqinlari ham bir kunda o'tdi ketdi.
Keyin er-xotin bo‘ldingiz...
FHDYO xodimasi Sizlarni er-xotin deb e’lon qildi. Siz ro‘zg‘or tutish, har xil salatlar, tortlar pishirish haqidagi kitob, film, tavsiyalarni topib o‘qirdingiz. O‘rtoqlaringiz, ota-ona, qaynona-qaynota bilan suxbatlaringizning 70 foizi ro‘zg‘or tutish haqida edi. Bir ismli, bir jismli, bir jonli oila daraxti bo'lib, chirmashib ketdingiz. O‘sdingiz. Oradan chamasi bir yil o‘tdi va...
Bugun... ota-ona bo‘ldingiz
Sotsiologiyada “rollar nazariyasi” degan nazariya bor. Unga ko‘ra odam o‘zi bilib-bilmagan holda avtobusda - yo'lovchi, supermarketda - xaridor, kasalxonada - bemor, bolalari bilan o‘tirganida - ota yoki ona, mahallada qo‘shnilari bilan ko‘rishganida - qo‘shni, ota-ona qoshida - o‘g‘il yoki qiz, o‘z oilasida - ota yoki ona rollarida tutar ekan. Siz bugun ota va ona rolini, vazifalarini bajarishga kirishdingiz. Ushbu qollanma sizlar uchun.