Научная библиотека

Mazkur metodik qo‘llanmada mahallalarda yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlashning oziga xos jihatlari, ijtimoiy hayotga moslashtirish, kasbga yonaltirish mexanizmlari boyicha olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni yoritilgan bo‘lib, bunda olg‘a surilgan fikr-mulohazalar Mehribonlik uyi (oilaviy bolalar uyi) va bolalar shaharchalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachi-pedagoglarga, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika (katta) inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, shuningdek, “Oqila ayollar” harakati a’zolari va boshqa mutasaddi xodimlarning faoliyatini samarali tashkil etishda shakl, usul va vositalarini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda metodik manba bo‘lib xizmat qiladi.


Yurtimizda mahalla azal-azaldan hayot ko‘zgusi sanaladi. Mahalla orqali xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari avloddan avlodga o‘tib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mahalla xalq bilan davlat o‘rtasidagi koprik bo‘lishi kerak. Odamlarning quvonch-u tashvishidan doimo xabardor bo‘lish mahallaning asosiy vazifasidir". Shu bois mamlakatimizda mahalla va oila institutlarini, Yangi O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlarni “Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili hamda “Mahallabay”, "Xonadonbay” ishlash tizimi asosida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning ustuvor masalalaridan biriga aylandi. Ayniqsa, muayyan sabablarga ko‘ra, yetim, ota-ona qaramog’idan, yaqin kishilari mehridan mahrum bolgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ularni ijtimoiy qollab-quvvatlashning samarali yo‘lga qoyilgani bu borada ulkan ishlar amalga oshirilayotganligidan dalolatdir.

Zotan, kelajagi buyuk davlatni bunyod qilish uchun har qanday davlatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish oilalarning mustahkamligi, uning jamiyat oldidagi asosiy funksiyalaridan biri bolmish tarbiyaviy vazifasini to‘la-to‘kis bajarishga, unda voyaga yetayotgan bolalarning to‘liq oilalarda, ota-ona mehriga qonib, jamiyatning yetuk fuqarosi sifatida shakllanib ulg‘ayishiga sharoit yaratish davlatning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.